
Toshkent viloyatida daryo o‘rtasida mashinasi bilan qolib ketgan fuqaro qutqarildi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Chirchiq shahrida 80 gektar yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i va dam olish maskani barpo etiladi.

Piskent tumanida yer maydonlarini sotgan firibgar va uning sheriklari bo‘lgan kadastr bo‘limi xodimlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Kun.uz tahririyati “Ochiq budjet” ijrosi Yangiyo‘l va Guliston tumanlarida muammoga uchrayotgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgan edi. Mazkur maqolada keltirilgan Yangiyo‘ldagi ko‘prik ta’mirdan chiqarildi.

Tergov 6 kishiga ayb e’lon qilgan. Ular orasida bog‘cha rahbari va hamshirasidan tashqari, 4 nafar shifokor ham bor. Ayblanuvchilar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Voqea ovqatdan zaharlanish ekani tasdiqlangan.

Uzun, Denov va Qibray tumanlarida kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan jihoz va uskunalar sotib yuborilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Toshkent viloyati Parkent tumanida sel kelishi hodisasi kuzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qaynona kelinini o‘ldirganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Nuriddin Abdurahimovning vafotiga betoblik sabab bo‘lgan.

Qamchiq dovonida kuzatilgan sel-toshqin oqibatlari bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Yer talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq navbatdagi jinoyat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Kecha, 2 may kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yangi qo‘rg‘on qishlog‘iga tabiat qo‘ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri “Soy mazor” sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilib, o‘ng oyog‘ining son qismini sindirib olgan.