Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida dahşatli voqea sodir böldi: profilaktika inspektori öziga topşirilgan töpponça bilan avvaliga turmuş örtoği hamda farzandini, söngra esa özini otib öldirgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov bu ma’lumotni tasdiqladi. Uning ma’lum qilişiça, holat 6 avgust kuni soat 21:00 larda sodir bölgan.
Böstonliq tumanida xizmat xonadonida yaşagan, 1996 yilda tuğilgan Böstonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori turmuş örtoği bilan örtalarida kelib çiqqan kelişmovçilik davomida öziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmuş örtoği va 2024 yilda tuğilgan öğil farzandiga öq uzib, qasddan öldirgan.
Şundan söng, u jinoiy qilmişidan qutulib qoliş maqsadida qurol bilan özining ham boşiga öq uzgan.
Mazkur holat yuzasidan Böstonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















