Boş prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda hududlarda qator tumanlar hokimlari örinbosarlari va boşqa mansabdorlar pora olişda gumonlanib uşlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş tumani hokimining quriliş, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari hokimlik balansida bölgan va rejaviy buzilişga tuşgan uyni mahalliy fuqaroga buziş işlarini olib boriş hamda buziş davomida çiqqan materiallardan öz xohişiga köra foydalaniş (sotiş) vakolatini beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirib berişini aytgan.

Buning evaziga 35 million söm talab qilgan. Tezkor tadbirda hokim örinbosari söralgan pul mablağidan 32 mln sömni özining xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Andijon viloyati Böston tumani fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi öz nomida bölgan va çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalik tasarrufidagi 10 gektar yer maydonini eksportbop mahsulotlar yetiştiriluvçi yer toifasiga özgartirgan.

Bu haqda tuman hokimining ekin maydonlarini joylaştiriş töğrisidagi qarorini çiqartirib, uni kavrak ösimligi yetiştirmoqçi bölgan tadbirkorga 3 yilga foydalanişga beriş evaziga 20 ming dollar talab qilgan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qölga tuşgan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida kengaş raisi avans sifatida olgan pulni Böston tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosariga berişi kerakligi ma’lum bölgan. Tezkor tadbir davom ettirilgan hamda uşbu mansabdor şaxs ham 10 ming dollarni özining xizmat avtomaşinasida olgan vaqtida uşlangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Böka tumani bölimi boşliği 2022 yilda qurilgan köp qavatli uy uçun «Qurilişi tugallangan obektni foydalanişga qabul qiliş töğrisida davlat qabul qiliş dalolatnomasi»ni tasdiqlatib beriş evaziga 2500 dollar talab qilgan.