Jamiyat | 07:58
18018
2 daqiqa o‘qiladi

BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi

25 fevral kuni poytaxtning Nukus ko‘chasida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov o‘z boshqaruvidagi BMW M4 mashinasida YPX xodimini urib ketgandi. Hodisada olgan tan jarohatlari oqibatida kichik serjant Hosilbek Eshnazarov shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan avtotransport vositasini olib qochish va odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ayblovlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

2026 yil 25 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov BMW mashinasida yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgandi.

Keyinchalik inspektor olgan og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etdi.

Shundan so‘ng Doniyor Turg‘unovga nisbatan qamoqqa olingan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qochish) va 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarov prezident farmoniga ko‘ra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira berildi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid