Özbekiston Boş prokuraturasi YPX xodimi bölgan Hosilbek Eşnazarovning xizmat vaqtida 10-sinf öquvçisi tomonidan BMW avtomobilida urib ketilganiga oid jinoyat işi böyiça qöşimça bayonot berdi.

Dastlabki tergov davomida aniqlanişiça, 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan şaxs (poytaxt IIBBning ma’lumotida uning ismi Doniyor ekani keltiriladi) maktabning 10-sinf öquvçisi böla turib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimay, öz tengdoşlari orasida Instagram va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda özini körsatiş, çet elda işlab çiqarilgan turli avtomaşinalarni maqtanib namoyiş qiliş maqsadida avtomaşina ovozini noqonuniy ravişda kuçaytirib, migalka va sirenalar örnatgan holda bir neça marotaba jamoat xavfsizligiga qarşi huquqbuzarliklar sodir etib kelgan.

Muqaddam ham avtomaşinani boşqarib, yöl-patrul xizmati xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmagani uçun joriy yilning 9 yanvar kuni uning otasi sud qaroriga asosan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Şunga qaramasdan, tegişli xulosa çiqarilmay, noqonuniy harakatlar davom ettirilgan.

Prokuraturaga köra, yigit joriy yil 25 fevral kuni soat 21:30 larda tanişining opasiga tegişli bölgan BMW rusumli avtomaşina yuviş şoxobçasida qoldirilganidan xabar topib, turargohda kaliti bilan qoldirilgan avtomaşinani haydab ketib, olib qoçgan.

“Avtomaşinani boşqariş davomida jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimay, Mirobod tumani Nukus köçasida harakatlanayotgan vaqtda piyodalar va boşqa harakat iştirokçilari xavfsizligini ta’minlaş maqsadida transport oqimini töxtatiş haqida jyezl bilan işora bergan YPX inspektori Hosilbek Eşnazarovning qonuniy talabiga böysunmagan.

Barça transport vositalari töxtagan bölişiga qaramasdan, haydovçilik guvohnomasi va avtomaşina hujjatlariga ega bölmagan voyaga yetmagan huquqbuzar javobgarlikdan qoçiş maqsadida oldi va yon tomonidagi avtomaşinalarni keskin aylanib ötib, avariyaviy holat yuzaga keltirgan hamda xizmat vazifasini bajarayotgan Yöl-patrul xizmati xodimini avtomaşinasi bilan urib, unga hayot uçun xavfli oğir tan jarohati yetkazgan holda harakatini davom ettirgan.

Şifokorlar tomonidan körsatilgan barça zarur tibbiy yordamga qaramasdan, 27 fevral kuni xodim vafot etdi”, – deyiladi bayonotda.

Qayd etilişiça, dastlabki tergov davomida avtomaşinani boşqargan voyaga yetmagan şaxsning harakatlarida