Toşkent şahridagi noqonuniy köça poygasi vaqtida voyaga yetmagan şaxs tomonidan BMW M4 avtomobilida urib ketilgan yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarov şifoxonada hayotdan köz yumdi.
Içki işlar vazirligi rahbariyati poytaxt YPX brigadasi 2-bataloni 4-safarbar guruhi inspektori kiçik serjant Eşnazarov Hosilbek Beknazar öğlining vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qildi.
“Hosilbek Eşnazarov 2022 yildan içki işlar organlarida fidokorona xizmat qilgan. Uning ortidan qadrli ota-onasi, suyukli ayoli, 2 nafar öğil va 1 nafar qiz farzandlari qoldi. Vatan öz qahramon öğlonlarini unutmaydi!” – deyiladi IIV e’lon qilgan nekrologda.

YTH 25 fevral kuni soat 21:48 larda, Mirobod tumanida röy bergan.
2010 yilda tuğilgan, xususiy maktabning Doniyor ismli 10-sinf öquvçisi BMW M4 avtomobilini (davlat raqami 010210OC) haydovçilik guvohnomasisiz boşqargan va köça poygasida iştirok etayotgan bölgan.
Ota-ona avval ham javobgarlikka tortilgan
Doniyorning ota-onasi oxirgi paytlarda ikki marta: avvaliga 2025 yil sentabrida, keyinroq 2026 yil yanvarida MJtKning 47-moddasi (bolaga tarbiya bermaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan va profilaktik suhbat ötkazilgan.

Sentyabrdagi jarimaga bolaning maktabda dars qoldirgani sabab bölgan, joriy yil yanvar oyida u özboşimçalik bilan avtomobil boşqarib, qöpol ravişda yöl harakati qoidalarini buzgan. Bu qoidabuzarlik videosi internetda tarqalgan edi: yigit boşqa bir BMW avtomobili bilan YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan ötib ketgan.
“Sentyabr oyida öğlim Doniyor maktabga bormagani sababli çora körilgandi. Undan keyin yanvar oyida ikkinçi marta çora körişganida ham qattiq ogohlantiriş berişgan, men bilan profilaktik suhbat ötkazişgandi. Şunda xulosa çiqarmabmiz. Öğlimga yaxşi qaramaganligim, e’tibor bermaganligim sabab tergovning kursisida ötiribmiz. Mening loqaydligim oqibatida öğlim qotil bölib qolişi mumkin edi”, – degandi avvalroq ösmirning otasi Zafarjon Kuçkunov.









