Prezident farmoniga köra, marhum kiçik serjant Eşnazarov Hosilbek Beknazar öğli «Jasorat» medali bilan mukofotlandi.

«Içki işlar organlaridagi fidokorona mehnati, yurtimizda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyiştaligini saqlaş, yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oşiriş borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda öz burçini sidqidildan va yuksak şaraf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini körsatgani, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşdagi faol iştiroki uçun Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektori, marhum kiçik serjant Eşnazarov Hosilbek Beknazar öğli «Jasorat» medali bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.

2026 yil 25 fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov avtomaşinada yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborgan edi. Keyinçalik inspektor oğir jarohatlar oqibatida vafot etdi. Boş prokuratura xabariga köra, jinoyat işi doirasida Doniyor Turğunov qamoqqa olingan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qoçiş, 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutadi) va 104-moddasi 3-qismi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutadi) “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.