Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada maktab o‘quvchisiga shapaloq tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatildi
Qo‘shtepa tumanidagi maktabda inspektor-psixolog sifatida ishlayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf o‘quvchisiga shapaloq tushirgan. Xizmat tekshiruvidan so‘ng u maktabdagi lavozimidan chetlatilgan. Uni boshqa lavozimga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi maktablardan birida Milliy gvardiya kiyimidagi xodimning o‘quvchilardan birining yuziga shapaloq tortgani aks etgan videolar yuzasidan Milliy gvardiya xizmati Kun.uz'ga izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, holat hududdagi 49-maktabda sodir bo‘lgan. Maktabda inspektor-psixolog sifatida ishlayotgan xodim o‘quvchiga shapaloq tushirishi ortidan lavozimidan chetlatilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, uni boshqa lavozimga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil fevral oyida prezident boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati IIVdan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
6 fevraldan 7 martga qadar 1 mln 769 ming nafar o‘quvchi maktabga qaytarilgani, respublika bo‘yicha davomat 97,7 foizga yetgani e’lon qilindi.
Mavzuga oid
15:05 / 26.02.2026
Kun.uz tanqididan so‘ng: mashinada uch odamni urib yuborgan farg‘onalik ayolga nisbatan chiqqan hukm o‘zgardi
19:54 / 25.02.2026
Farg‘ona bog‘chalarida ommaviy zaharlanish: ovqat yetkazib beruvchi firma tendersiz tanlangan, kim aybdor?
11:53 / 25.02.2026
Farg‘ona bog‘chalaridagi zaharlanish: ta’minotchi korxona hokimlik imtiyozidan foydalangan
17:22 / 24.02.2026