Maktab ta’limida inspektor-psixologlar ştati Milliy gvardiyaga ötkazilgaç MMTV va Milliy gvardiya vakillari AOKAda matbuot anjumani ötkazdi. Anjumandan söng vazirlik boşqarma boşliği Azamat Kamolov Kun.uz muxbirining bir qança savollariga javob berdi.  

– Huquq-tartibot organlari maktab yoki boğça ta’limiga aralaşganini bilamiz, aksariyat hollarda teskari effekt bergan holatlari ham bor. Masalan, ötgan yili boğçada “oqni oqdan, qorani qoradan ajratib oliş kerak”ligi haqida bolalarga “tarbiyaviy soat” ötgan xodimlarni bilamiz. 

Ya’ni şuning uçun ham odamlarda bu jarayonga nisbatan işonç yöq. Şu örinda söramoqçiman, Milliy gvardiyaning maktab ta’limidagi vakolati qayerdan boşlanib, qayerda tugaydi? 

– Davomat masalasi inspektor-psixologlar tuzilmasi Milliy gvardiyaga ötgaç, 10 mingdan ortiq maktablarga xodimlar çiqqan. Ularning hammasi ham malakali xodimlar bölgan deb kafolat berib bölmaydi, çunki ijtimoiy tarmoqlarda buning aksini körib turibmiz. Ya’ni özi malakaga ega bölmagan, quyi tizimdan çiqqan, deylik, oddiy qöriqlaş xizmati xodimi ham maktabga borib, özini xuddi maktab nazoratçisiday tutib, öqituvçi faoliyatiga aralaşib, qöpol muomalada bölganlari ham bor, ijtimoiy tarmoqlarda kördik. 

Şu sababli endi milliy gvardiya tizimida alohida tartib işlab çiqilyapti, endi maktabga kiradigan Milliy gvardiya xodimining qaysi birida vakolat böladi, faqat inspektor-psixologlar maktabga kirişga haqli böladi. Qolgan jalb qilingan xodimlar bundan buyon maktabga kirmaydi va yagona tartib sifatida ular tomonidan me’yoriy hujjat işlab çiqilib, maktab rahbariyati davomat körsatiş uçun qöliga beradi, u borib ota-ona bilan işlaydi. Ularning çegarasi şu yerda. Milliy gvardiya xodimlari dars jarayoniga kirişga yoki öqituvçining nega keç kelayotgani, formada kelmayotgani böyiça söroq qilolmaydi. 

Özim guvoh bölgan vaziyat ham böldi, oddiy qöriqlaş xizmati xodimi maktab bolalarini dars jarayonida turğizib qöyib forma talab qilayotgan ekan, bu uning vakolati emasligini aytdim. Mana şunday notöğri yondaşuvlarning oldini oliş uçun yagona tartib işlab çiqilyapti. 

– Nima sabab oldindan bunday holatlar uçraşi va tartib işlab çiqilişi oldindan inobatga olinmadi? Endi tartib işlab çiqilgunga qadar Milliy gvardiya vakillari tomonidan kuç işlatiş holatlari uçrasa, qanday çora köriladi? 

– Aytganimdek, maktablarning özida aslida davomat qanday, surunkali dars qoldiruvçi öquvçilar bilan işlaşimiz uçun qölimizda haqiqiy kartinka bölişi kerak. Jarayonni boşlab olgunça, holatni örganiş uçun ikki idora kelişgan holda şunday işlarni boşladik. Ya’ni öşa Milliy gvardiya xodimining yonida özimizning Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xodimlarimiz ham yuribdi. Vazirlik markaziy apparati, töliq boşqarma tarkibiy tuzilmalarimiz har kuni ertalab maktablardagi dars jarayonini körib, keyin 9 da iş joyimizga boryapmiz.