Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8 fevral kunlari ötkazilgan dastlabki örganişlarda 188 ming öquvçi darsga sababsiz kelmagani aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
6 fevraldan 7 martga qadar 1 mln 769 ming nafar öquvçi maktabga qaytarilgan. Respublika buyiça davomat 97,7 foizga yetgan.
Maktablarda xavfsizlikni ta’minlaş borasida yangi iş tizimi joriy qilingan. Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktabda ötiriş bilan çegaralgan bölsa, hozir kunduzgi vaqtda ham xizmat qilib, maktabga begonalar kirişini oldini oliş, kiriş-çiqiş va içki tartibni nazorat qiliş bilan şuğullanmoqda. Sönggi haftada respublika böyiça 6 ta holatda maktabga begonalar kirişining oldi olingan. Barça xolat böyiça aybdor şaxslarga qonunçilikda belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlik çoralari körilgan.
Eslatib ötamiz, 5 fevral kuni prezident huzurida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida, maktablardagi tarbiya va ma’naviyat masalasiga alohida urğu berilib, darslardagi davomat 70 foizni taşkil etayotgani va ötgan yili maktab öquvçilari örtasida 2 ming 280 ta jinoyat sodir etilganiga tanqidiy baho berilgan edi.
Şundan söng, Milliy gvardiyaga öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş orqali ularda «huquqbuzarlikka qarşi immunitet» hosil qiliş, maktablardagi axloqiy-ruhiy muhitni örganiş, «maktab - oila - mahalla» zanjirini mustahkamlaş va davomatni yaxşilaşga kömaklaşiş borasida aniq vazifalar belgilab berildi.













