Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazilgan. Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 1 mart kuni tuş paytida sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Zangiota tumani, “Boğişamol” MFYdagi 4-sonli maktabda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf öquvçilarining maktabni orqa taraf hovlisida özaro janjallaşayotganini körib qolib, holatni bartaraf etişga kirişgan.
Şu vaqtda profilaktika inspektori ham yetib kelib, Milliy gvardiya xodimi bilan birgalikda öquvçilarni tinçlantirişga kirişganda, uşbu maktabning 10-sinf öquvçisi M.B.ning çaqiruvi bilan taşqaridan yetib kelgan akasi hamda uning ikki şerigi xodimlarning ogohlantirişiga qaramasdan janjalga aralaşgan.
Janjallaşayotganlarning xatti-harakatlarini va qarşiliklarini töxtatiş çorasini körgan Milliy gvardiya xodimiga şu joyda tan jarohati yetkazilgan.
Maktabdagi taşviş tugmasi orqali çaqirilgan hamda tezkorlik bilan yetib kelgan Qöriqlaş tezkor guruhi tomonidan holat töliq bartaraf etilgan holda Milliy gvardiya xodimining xizmat vazifasini bajarişiga qarşilik qilganlar qölga olinib, tuman içki işlar bölimiga topşirilgan.
Dastlabki suriştiruvda taşqaridan maktab hududiga kirib, janjalga aralaşgan va xodimlarga faol qarşilik körsatgan fuqaro uşbu maktabning 10-sinf öquvçisi M.B.ning akasi Zangiota tumanida istiqomat qiluvçi 20 yoşli I.B. ekani ma’lum bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat böyiça Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqaro I.B. JPKning 221-moddasi asosida uşlangan. Unga nisbatan ehtiyot çorasini tanlaş haqidagi masala hal qilinmoqda.
Şuningdek, uşbu holat yuzasidan jinoyatga aloqador bölgan boşqa şaxslarni aniqlaş borasida ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uçun, fevral oyi boşlarida prezident boşçiligida ötkazilgan yiğilişda tarbiya va ma’naviyat maktablardagi oğriqli masalalardan biri ekanligi qayd etilgan












