Prezident ötkazayotgan yiğilişda tarbiya va ma’naviyat maktablardagi oğriqli masalalardan biri ekanligi qayd etildi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yili voyaga yetmaganlar 3,5 mingta jinoyat sodir etgan. Şundan 2 280 nafarini maktab öquvçilari taşkil qilgan.

Sörov maktab direktoridan bölayapti, lekin Bolalar masalalari böyiça milliy komissiyaga mas’ul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, öquvçilarni şaroiti va tarbiyasi bilan şuğullanmayapti.

Şu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar ştati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga ötkazilişi belgilandi.

Yiğilişda öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş orqali ularda “huquqbuzarlikka qarşi immunitet” yaratiş böyiça tizim qiliş zarurligi ham ta’kidlandi.

Öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş va kasbga yönaltiriş, tarbiyasi va öqişida muammo bölgan öquvçilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga işlab, muammolarni yeçişga qaratilgan aniq çoralarni köriş muhimligi qayd etildi.

Şuningdek, mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uçraşib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilişi maqsadga muvofiq ekani körsatib ötildi. Maktablarda taniqli şoir va yozuvçilar, sportçilar, faxriylar, jamiyatda obröga ega insonlar bilan uçraşuvlarni köpaytiriş lozimligi aytildi.

Bolalar tarbiyasini yaxşilaşga, ota-onalar dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turiş topşirildi.