09:39 / 30.09.2016
34155

30 sentabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

29 sentabr tuni va 30 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Markaziy bank Respublika valyuta birjasiga litsenziya berdi

O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Respublikada valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi birja faoliyat yurita boshlaydi.

>>> Batafsil.

Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi masalasida majlis o‘tkazildi

Joriy yilning 29 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi\

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbega ishchi tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni kutib oldi.

>>> Batafsil.

Klassik ingliz tilining yo‘q bo‘lib ketishi muddatlari ma'lum qilindi

York universiteti tadqiqotchilari 50 yildan keyin britan ingliz dialekti yo‘q bo‘lib ketishini, uning o‘rnini esa ingliz tilining ko‘p madaniyatli londoncha varianti egallashini prognoz qilmoqdalar.

>>> Batafsil.

"Chorsu" bozori yaqinida yana bir yashil hudud paydo bo‘ladi

Toshkent shahrining "Chorsu" bozori yaqinida yashil hudud paydo bo‘ladi. Shu maqsadda, "Ko‘kaldosh" madrasasidan chap tomondagi qator bino va inshootlar buzib tashlandi.

>>> Batafsil.

Parijda BMW X2 krossoverining prototipi namoyish qilindi

BMW kompaniyasi X2 deb nomlanuvchi yangi ixcham krossoverining prototipini Parij avtosaloni doirasida taqdim qildi.

>>> Batafsil.

Eng mashhur ijtimoiy tarmoqning ma'lumotlar markazi qanday ko‘rinishga ega: ilk suratlar

Facebook rahbari Mark Tsukerberg o‘z sahifasida ijtimoiy tarmoqning ma'lumotlar markazi suratlarini taqdim qildi. Tarmoq binosi Shvetsiyadagi Luleo shahrida joylashgan.

>>> Batafsil.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Halabdagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan ekstremistlarning norozilik namoyishi o‘tkazish tahdidi sababli xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

>>> Batafsil.

Braziliyada turmadan 200 mahbus qochdi

Braziliyada turmadan kamida 200 mahbus qochdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

>>> Batafsil.

Andrey Shevchenko - 40 yoshda! Hujumchining faoliyatidagi eng yorqin lahzalar

2004 yili «Oltin to‘p» sovriniga loyiq deb topilgan Sheva futbolchilik faoliyatini Kiyevning «Dinamo», «Milan», «Chelsi» klublarida o‘tkazgan.

>>> Batafsil.

Rossiyada o‘tgan unifayt bo‘yicha JChda O‘zbekiston vakillari 16ta medal oldi

19–26 sentabr kunlari davomida universal jang (unifayt) bo‘yicha 14–15 hamda 16–17 yoshli o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida Rossiyaning Medin shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Top