23 oktabr tuni va 24 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Sirdaryo viloyatida 4ta tuman hokimi o‘zgardi

Foto: O‘zA
Sirdaryo viloyatining 4ta tumaniga va 2ta shahriga yangi hokimlar tayinlandi. 22 oktabr kuni Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar bergan.
>>> Batafsil.
Omskda politsiyachilar mushtlashayotgan politsiyachilarni tinchitish uchun politsiyachilarni yordamga chaqirdi

Foto: © RIA Novosti
Rossiyaning Omsk viloyati, Kalachinsk shahridagi politsiya bo‘limi xodimlaridan birining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan ziyofat vaqtida ziddiyat yuzaga keldi. «Omsk-inform» ma'lumotiga ko‘ra, 15 oktabr kunida mushtlashuv ro‘y bergan, bu haqda endi ma'lumqilindi.
>>> Batafsil.
Lyuis Xemilton "Formula-1"ning AQSh Gran-Prisi g‘olibi bo‘ldi

Foto: CNN.com
"Mersedes" jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton "Formula-1" poygasining AQSh Gran-Prisida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Musobaqa Texas shtatining Ostin shahridagi avtodromda bo‘lib o‘tdi.
>>>




















