Olimlar Çingizxonga tegişli, Rossiyaning Oltoy Respublikasida saqlanuvçi qölyozmalarni rasşifrovka qilişdi. Unda buyuk sarkardaning avlodlarga ögitlari bitilgan. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

XIII-XIV asrlarga taalluqli bölgan "Aql kaliti" deb nomlangan, qadimgi möğul tilida yozilgan qölyozma Oltoy Respublikasidagi A.V.Anoxin nomidagi milliy muzeyda saqlanib keladi. Bu qölyozma eng qadimiy möğul qölyozmalaridan biri sanaladi.

Taxminlarça, qölyozma uç kişi tomonidan yozilgan. Olimlar u bambuk tayoqçalari va möyqalam bilan mumtoz möğul yozuvida yuqoridan pastga qarab yozilgani, qatorlar çapdan öngga qarab ketganini aytişdi.

Qölyozmada Çingizxonning avlodlarga maslahatlari bayon qilingan.

Ularda "işonç bildirilmagan odamga köp narsa aytiş kerakmasligi", "ayollar gapiga öta jiddiy munosabatda bölmaslik", "öz öğliga quli orqali buyruqlarni yetkazmaslik", "hasadgöy va hiylagar odam bilan maslahatlaşmaslik", "köpçilik tomondan ma'qullanganni buzmaslik" kabi ögitlar berilgan.

Taxminlarça, Çingizxonning bu ögitlari uning şogirdlari tomonidan yozilgan.