Xitoyning V-Phone kompaniyasi Vphone S8 miniatyur qurilmasini işlab çiqarib, smartfonlar va taqiluvçi elektronika işlab çiqaruvçilari orasida ajralib turişga qaror qildi.

Yangilikni "dunyodagi eng kiçik sensor ekranli telefon" sifatida körişmoqda, ammo uning funksiyalariga köra qurilmani ovozli qönğiroqlarni amalga oşira oladigan smart-soatlar sinfiga joylaştiriş mumkin.

Vphone S8 46.7x37.3x9.9 mm ölçamiga ega va uning oğirligi 30 grammni taşkil etadi. 1.54-dyuymli sensor displey çetlari qayrilgan 2.5 D-himoya şişasi bilan qoplangan. Alyumin korpusning içida MediaTek MT2502 protsessori, 64 MB operativ va 128 GB doimiy xotira, Bluetooth 4.0 simsiz moduli, yurak uriş va yoruğlik datçigi, qadam ölçagiç, 3.5 mm va micro-USB raz'yemlari, FM-radio va 380 mAs hajmli akkumulyator örnatilgan. Şuningdek, qurilmada bir dona sim-karta uçun slot bölib, 850/900/1800/1900 MGts GSM-çastotalarida işlay oladi.

Vphone S8 Android-smartfon yoki iPhone ning yordamçisi sifatida işlay olib, öz ekranida kelayotgan ma'lumotni, xabarlarni, eslatmalarni va qönğiroqlarni körsatib turadi. Bu esa foydalanuvçilar öz telefonlarini tekşiriş uçun çöntaklari yoki sumkalaridan har safar olişlari oldini oladi. Lekin qurilmani qanday taqib yuriş noaniq. Uning korpusida brelok yoki qöl gadjyeti sifatida olib yuriş uçun maxsus örnatmalar yöq.

Yangi qurilma qora va kulranglarda 30 dollarlik narx bilan sotuvga çiqariladi. Sotuv kuni haqida xabar berilmayapti.