Turkiyada muxolif imom Fathulla Gulenning qarindoşlari – Husayn Gulen va Buşra Gulen "Fathullaçilar terrorçilik taşkiloti" (FeTO) faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib Izmirda hibsga olindi.

Hürriyet gazetasining ma'lum qilişiça, Gulen jiyanlari şuningdek barça uzatiluvçi ma'lumotlarni şifrlovçi Bylock dasturini işlatişda gumon qilinmoqdalar. Turk razvedkasining fikriça, bu dasturdan Turkiyada 16 iyulga ötar keçasi sodir etilgan davlat töntaruviga uriniş iştirokçilari foydalanganlar.

Avvalroq Turkiyada Gulenning ukasi Qutbiddin Gulen, uning jiyanlari Amina, Kamol Gulen, Adbulloh Qorujuk va Muhammad Said Gulen hibsga olingandi.

Iyul oxirida FeTOga qarşi çoralar doirasida bu taşkilot bilan boğlangan bir neça ming taşkilot yopilgandi. 82 ming kişiga nisbatan tergov harakatlari amalga oşirilgan, 35 mingga yaqin kişi hibsga olingan.