Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni oshmoqda
Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» Ngava-Tibet-Tsyan muxtor okrugi ma'lumotiga asosan xabar qilmoqda.
«Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan soat 9:00) Tszyuchjaygou uyezdida payshanba kuni yuz bergan 7 magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi, yana 431 inson jabrlandi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq 19 kishi halok bo‘lgani va 343 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Sichuan viloyatida kuchli zilzila 8 avgust kuni kechqurun yuz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026