Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkilamchi bozordan xarid qilingan avtotransportni rasmiylashtirishdagi to‘lovlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim - Doniyor G‘aniyev
Deputat bu borada moliya vaziriga so‘rov yuborilgani va 2022 yilgi davlat budjeti muhokamasida bu masalani ko‘tarib chiqishini ma'lum qildi.
Ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga notarial rasmiylashtirish hamda YHXXda ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar stavkalarining yuqoriligi qo‘plab fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘layotgani tufayli ushbu to‘lovlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim, deb hisoblaydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev.
Deputat bu mavzuni Kun.uz bir necha bor (1, 2, 3) ko‘tarib chiqqanini qayd etarkan, oxirgi yillarda notarial idoralar orqali begona shaxslarga avtomobillarni tasarruf etish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar soni keskin oshganini ta'kidlaydi.
“Ushbu ishonchnomalarning katta qismi aslida oldi-sotdi shartnomasi ekani inobatga olinsa, bunday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan avto-bitimlar mulk huquqi va fuqarolik munosabatlarida salbiy oqibatlar keltirib chiqarmoqda”, – deya yozdi Doniyor G‘aniyev Telegram-kanalida.
Uning aytishicha, avtomobil oldi-shartnomasini rasmiylashtirish xarajatlari kamaysa, ularning soni oshib, davlat budjetiga undirilishi ko‘zlangan tushumlar miqdori oshadi.
Deputat moliya vaziriga 2022 yil uchun davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda avtomobil oldi-shartnomasini rasmiylashtirish uchun belgilangan to‘lovlar miqdorini pasaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘rab, deputat so‘rovi yuborilganini, shuningdek, parlamentda budjet loyihasi muhokamasi boshlanganda ushbu masalaga alohida e'tibor qaratib, kun tartibiga olib chiqishga harakat qilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026