Odamlarni köpdan beri qiynayotgan masala - eski avtomaşinalarni rasmiylaştirişdagi bojlar qayta körib çiqiladimi?
|23:10 / 30.09.202141 6529 min
Avtobozordan sotib olingan haydalgan avtomaşinalarni rasmiylaştirişning öta qimmatligi turli qinğir yöllar paydo bölişiga olib kelmoqda. Bu holat sotuvçiga ham, xaridorga ham, nazorat qiluvçi davlat idoralariga ham öziga yaraşa muammolar tuğdirmoqda.
Atrofga nazar soling. Köçalar maşinalarga töla. Ctatistikaga köra hozir har ikki oiladan birida avtomobil bor. Bu ijobiy körsatkiç, albatta.
Şu kunlarda yangi avto uçun tölov qilib, avtosalonda öz navbatini kutayotganlar soni 30 mingdan ortiqni taşkil etar ekan. Vaziyat şu darajaga borib yetganki, avtosalonlardagi navbatlar ham sotilmoqda.
Afsuski, bor-ye, deb qöl siltab, xorijdan yangi avtomobil olib kirmoqçi bölsangiz, qariyb şu avto narxiga teng miqdorda boj tölaş talab etiladi. Bu işlar milliy avtosanoatni raqobatdan «himoyalaş» uçun qilingani isbot talab qilmas aksiomadek gap.
Milliy avtosanoat esa ehtiyojlarni qondira olmayapti. Avto narxlari qimmat ekani, ehtiyojni qondiriş va raqobatni ta'minlaş uçun xorijiy avtolarga örnatilgan bojni bekor qiliş masalasi bot-bot kötarilmoqda.
Ammo bundan ham avvalroq yeçilişi lozim bölgan muhimroq vazifa bor — ikkilamçi bozordan xarid qilingan avtomobillarni qayta rasmiylaştirişga joriy etilgan haddan ziyod davlat bojlarini pasaytiriş kerak. Bugun yana şu haqida gaplaşamiz.
Sözimiz avvalida haydovçilardan biri boşidan keçirgan voqea bilan tanişing.
Postda yöl-patrul xizmati xodimi uning maşinasini töxtatib, hujjatlarni söraydi. Hujjatlar bilan tanişa turib, avvaliga işonçnoma söragan xodim, keyin biroz taajjublanib, «uzr, maşina öz nomingizda ekan-a?» deydi. Bu taajjub sababini söralganida «aksariyat haydovçilar boş işonçnoma (xalq tilida «gendoverennost») bilan yurişini aytgan.
Xöş, boş işonçnoma («gendoverennost») nima özi?
Bu — avtomobilni boşqariş va tasarruf qiliş huquqini beruvçi, notarial tasdiqlangan işonç qoğozi bölib, u bilan maşinani boşqariş, maşina egasining nomidan iş köriş, ehtiyoj tuğilganda şu qoğoz bilan avtomobilni boşqa şaxsga sotib yuboriş yoxud boşqa şaxsga boşqa işonçnoma berişini ta'minlovçi huquq.
Mohiyatan, mulk egasi Özbekistonda bölmaganda yoki özi iştirok etişni hohlamaganda uni sotiş yoki tasarruf etiş uçun boşqa şaxsga boş işonçnoma berilişi kerak. Xususan, uy va kvartiralar oldi-sotdisi masalasida bu qoğoz şunday işlaydi.
Mavzuga oid
Lekin avtomobilni öz nomiga oldi-sotdi şartnomasi orqali rasmiylaştirib oliş qimmatga tuşişi sabab odamlar avtomobillarni boş işonçnoma orqali «xarid» qilişga majbur bölmoqda.
Ikkilamçi avtobozordan avtomobil xarid qilingaç, uni xaridorning nomiga rasmiylaştiriş avtosalondan xarid qilingan yangi avtomobilni rasmiylaştirişdan karrasiga qimmatroqqa tuşadi. Bu borada sizni eng avvalo notarial idoradagi ortiqça xarajatlar kutib turibdi.
Notarial idoradagi rasmiylaştiriş xarajatlari
Notarial idorada oldi-sotdi şartnomasi imzolanişi uçun qança xarajat qilinişini bilasizmi? Quyidagi jadvalda davlat boji qanday hisoblanişi keltirilgan.
1. Davlat boji qiymati sotib olingan avtomaşinaning işlab çiqarilgan sanasi va dvigateli quvvatiga boğliq. U BHMning 2 barobari (540 000 söm)dan 10 barobari(2 700 000 söm)gaça bölişi mumkin.
2. Söngra BHMning 10 foizi — 27 000 söm miqdorda gerb yiğimi olinadi.
3. Huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar amalga oşirilgani uçun BHMning 40 foizi miqdorida — jami 108 000 söm tölov qilinadi.
4. Taqiq bor-yöqligi tekşirilgani uçun yana 40 500 söm.
5. Vaziyatga qarab boşqa qöşimça harakatlar amalga oşirilgani uçun kiçik tölovlar ham paydo bölişi mumkin.
Ya'ni avtomaşina oldi-sotdi şartnomasini notarial rasmiylaştiriş maşinaning eski-yangiligi va dvigateli quvvati (ot kuçi)ga qarab, 715 500 sömdan 2 875 500 sömgaça tuşadi.
Xuddi şu kabi turar joy oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş qançaga tuşadi? Bunda ham dastlab davlat boji undiriladi.
Qolgan notarial harakatlar tölovi xuddi avtomaşina rasmiylaştiriş kabi.
Uy oldi-sotdisini rasmiylaştiriş uyning qayerda joylaşgani va maydoniga qarab, sizga 310 500 sömdan 985 500 sömgaça tuşişi mumkin.
Endi tasarruf etiş va sotiş huquqi bilan beriladigan boş işonçnomani körib çiqamiz.
Avtomaşinalarni rasmiylaştirişda yaqin qarindoşlar uçun belgilangan davlat boji BHMning 50 foizi — 135 000 söm. Qolgan notarial harakatlar uçun tölov bilan qöşib, jami — 310 500 söm.
Boşqa jismoniy şaxslarga esa BHMning 3 barobari — 810 000 söm. Qolgan notarial tölovlar bilan jami xarajat — 985 500 söm.
Köçmas mulkni rasmiylaştirişda yaqin qarindoşlari uçun BHMning 25 foizi — 67 500 söm. Qolgan notarial tölovlar bilan birga jami xarajat — 243 000 söm.
Boşqa jismoniy şaxslarga esa BHMning 50 foizi — 135 000 söm. Bunga qolgan notarial tölovlar bilan birga jami xarajat — 310 500 söm.
Köryapsizmi, avtomaşinadan qimmatroq bölgan kvartira yoki uy oldi-sotdi şartnomasini yoki tasarruf etiş huquqi bilan beriladigan işonçnomani rasmiylaştiriş ança arzonroqqa tuşmoqda.
Bu hali hammasi emas. Agar avtomobil oldi-sotdi şartnomasi orqali sotilsa, notariusdagi tölovlardan taşqari sizni hali yöl harakati xavfsizligi bölimi — xalq tilida «GAI»da ham notariusda sarflanganidan kam bölmagan xarajatlar kutib turibdi (Darvoqe, avtomobil agar boş işonçnoma orqali «xarid» qilinsa, buning uçun «GAI»da tölovlar yöq. Boz ustiga, işonçnomani DYHXXda röyxatdan ötkaziş ham bekor qilingan).
DYHXXda avtosalondan olingan yangi avtomaşina uçun avtomobilni qayd etiş guvohnomasi (texpasport) uçun BHMning 70 foizi— 189 000 söm, davlat raqam belgisi uçun BHMning 150 foizi — 405 000 söm tölanadi; bunga yana BHMning 10 foizi — 27 000 söm röyxatdan ötkaziş uçun tölov bor. Jami tölov — 621 000 söm (Agar avtoraqam onlayn auksion orqali xarid qilingan bölsa, qöşimça tölov undirilmaydi).
Işonçnomalar va boş işonçnomalarni DYHXX organlarida qayd etganlik uçun tölov yöq. Işonçnomalar notarial idora bazasi orqali DYHXX bazasiga kelib tuşadi.
Endi oldi-sotdi şartnomasi bilan bozordan xarid qilingan avtomobilni öz nomiga rasmiylaştiriş xarajatlari bilan tanişing.
Bu bojdan taşqari, yuqoridagi kabi avtotransport vositasini rasmiylaştiriş uçun 621 000 söm tölov ham qilinadi (Farqi — eski avtomaşinalar texnik körikdan ham ötkaziladi, xarid qilingan avtomobilning davlat raqam belgisi saqlab qolinadigan bölsa, tölovning 50 foizi amalga oşiriladi).
Yuridik taşkilotlar örtasidagi avtomaşinalar ham xuddi şu singari rasmiylaştiriladi, faqat pul sotayotgan yoki xarid qilayotgan taşkilotning hisob raqamidan pul köçiriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Biroz hisob-kitob
Samarqand şahridagi notarial idoralardan birida bölganimizda, mijozlardan biri 2020 yilda işlab çiqarilgan «Malibu» avtomaşinasini rasmiylaştiriş notariusda 2 mln 790 ming sömga, DYHXXda 5 mln 800 ming — jami 8 mln 590 ming sömga tuşayotganini kuyinib gapirdi.
Boş işonçnoma rasmiylaştirayotgan boşqa bir mijoz umumiy xarajat heçqursa 2 mln söm atrofida bölganida, barça xaridorlar avtomobilni öz nomiga rasmiylaştirib olişini ta'kidladi.
Ikkita misol keltiramiz.
1980 yilda işlab çiqarilgan, 75 ot kuçiga ega eski «Moskviç-412» avtomaşinasining narxi bozorda 4,5–5 mln söm atrofida. Uni oldi-sotdi şartnomasi bilan rasmiylaştiriş xarajatlari notarial idorada 985,5 ming sömga, DYHXX organlarida davlat röyxatiga oliş 621 ming sömga, davlat boji esa 1 mln 215 ming sömga — jami 2 mln 821,5 ming sömga tuşmoqda.
2013 yilda işlab çiqarilgan, 106 ot kuçiga ega, bozor bahosi 55 mln söm atrofidagi «Nexia-2 DOHC» avtomobilini rasmiylaştiriş notarial idorada 985,5 ming sömga, DYHXX organlarida davlat röyxatiga oliş 621 ming sömga, davlat boji esa 1 mln 749 ming sömga — jami 3 mln 355,5 ming sömga tuşmoqda.
Masalan, özimizda işlab çiqarilayotgan mitti «Labo» yuk maşinasi hisoblanadi. Endi uni rasmiylaştirişda qança davlat boji tölanişini bir hisoblab köring-a!
Xöş, ikkilamçi avtobozorda bunday çalkaş vaziyat yaratilişining boisi nima?
Avtomaşina oldi-sotdisiga örnatilgan bunday qimmat bojlar uçun nega arzirli bir izohning özi yöq? Yoki mahalliy budjetlarni mablağ bilan töldirişning bir usulimi bu? Şunday degan taqdirimizda ham, aksariyat xaridorlar rasmiylaştirişni çetlab ötmoqda-ku? Budjetga közlangan tuşum tuşmayapti.
Undan köra, bojni pasaytirib, avtomobillarni yoppa öz nomiga rasmiylaştiriş yölga qöyilsa bölmaydimi?
Odamlarda avtosini boş işonçnoma vositasida «sotiş» yoki «xarid qiliş»dan boşqa iloj qolmayapti. Qonunan, bu holatda maşinaning mulkdori özgarmaydi. Ammo öşa mulkdor uçun ham, xaridor uçun ham juda katta risklar, davlat organlari uçun esa bir qator noqulayliklar vujudga kelmoqda.
Maqolaning birinçi qismiga şu yerda nuqta qöyamiz. Uning ikkinçi qismida boş işonçnoma odamlarga yetkazayotgan xavf, zarar va noqulayliklar haqida fikrlaşamiz.