«Gendoverennost» xatarlari: heç narsadan himoya qilmaydigan işonçsiz qoğoz
|17:13 / 01.10.202149 76014 min
Jamoatçilik bong urişiga qaramay, avtobozordagi mantiqsiz tartiblar va odamlar gardaniga yuk bölayotgan bema'ni xarajatlar hamon saqlanib qolmoqda.
Maqolaning birinçi qismida avtomobil oldi-sotdisini rasmiylaştiriş nihoyatda qimmatga tuşişi haqida batafsil töxtalingandi. Xöş, nisbatan arzonroq boş işonçnoma qanday risk va xatarlarni vujudga keltiradi? Maşinaning avvalgi va yangi egalari uçun qanday noqulayliklar tuğdiradi? Endi şular haqida.
Eng avvalo, şuni anglamoq kerakki, avtomaşina texpasportida ism-familiyasi yozilgan fuqaro qonunga köra ham, barça bazalarda ham maşina mulkdori sifatida qolaveradi. Notariusda boş işonçnoma rasmiylaştirilsa ham uni mulk huquqi tark etmaydi. Yoki boş işonçnoma orqali maşina «xarid» qilgan inson hali uning mulkdori sanalmaydi. Şunçaki, u avtomobilni haydaşi va boşqaga sotişi mumkin.
Bizda maşinani oldi-sotdi şartnomasi bilan rasmiylaştiriş xarajatlari odat tariqasida xaridor tomonidan amalga oşiriladi. Biz hikoya qilayotganimiz — boş işonçnoma orqali yaşirin xarid qiliş taşabbusi ham ulardan çiqadi. Katta pulga xotirjamlikdan köra, tavakkal qilib kiçikroq pulga boşoğriq sotib olişga majbur bölyapti odamlar.
Maşinani haydab yurgan «xaridor»ning yöl harakati qoidalarini buzgani radar va kameralar yordamida aniqlansa, bayonnoma va jarima tölovi tölaş haqidagi xabarnoma avtomatik ravişda avtomobil mulkdorining manziliga jönatiladi. Bu Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 17(1)-moddasida belgilab qöyilgan.
Avtomaşinani boş işonçnoma bilan haydab yurgan kişilarning qoidabuzarligi yöllarda radar va kameralarga tuşsa, ularga xabarnoma ham bormaydi, DYHXX ularni axtarib topib, jarimani undirib ham ötirmaydi va jarimani undiriş Majburiy ijro byurosiga ötadi.
MIB uçun qiyinçiliklar
Jarimalarni tölaş paysalga solinsa, MIB tomonidan turli taqiqlar va qöşimça jarimalar solinişiga ham sabab bölişi mumkin.
Biz suhbatlaşgan MIB inspektorining tuşuntirişiça, undiruv MIBga kelib tuşgaç, ijro işi qözğatiladi («delo» oçiladi). Haydovçiga jarimani tölaş uçun 15 kun vaqt beriladi. Keyin jarimani undiriş uçun uning summasining 2 foizi miqdorida arzimagan ijro yiğimi va jarima qöllanadi.
Mavzuga oid
Ijro işi qözğatilgaç, 15 kun içida jarima tölanmasa, BHM (270 ming söm)ning 1 barobaridan 5 barobarigaça jarima ham qöşiladi.
Maşinani işonçnoma orqali birov boşqargan bölsa ham, jarima va yiğim undiruvi mulkdorga qaratiladi.
Xullas, jarima va ijro yiğim söndirilmagunga qadar qözğatilgan ijro işi yopilmaydi, oqibatda mulkdorning boşqa mulklari xatlanişi, ularga taqiq qöyilişi, undiruv uning oylik maoşi va boşqa daromadlariga qaratilişi mumkin.
Amaliyotda şunday holatlar uçraganki, avtomaşina qöldan-qölga işonçnoma bilan «sotilavergan». Haydovçi maşinaning asl egasi kim ekanligini yoki aksinça, mulkdor maşinasini hozir kim boşqarib yurganini ham bilmaydi. Bunday holatlarda iş sudlaşişgaça yetib boradi, albatta.
Yoki MIB maşina mulkdoriga 2 marta qönğiroq qilib, jarimani tölaş kerakligini aytib bezovta qilsa, u darhol notariusga borib işonçnomani bekor qilib taşlab, maşinani talab qilgan holatlar ham bölgan.
Vaziyatning eng çalkaş joyi şundaki, «GAI» organlari özlari 2 oy içida qoidabuzarni topişlari, jarimani undirişga harakat qilişlari lozim. Lekin qoidabuzarni topiş qiyinligi tufayli video va foto qayd etuvçi qurilmalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar ma'muriy bayonnomasi MIBga ötkaziladi (bu holatda «GAI» qoidabuzarni undiruv MIBga ötgani borasida SMS orqali ogohlantirib ham ötirmaydi).
Söng MIB ijroçilari ming bir azobda mulkdor yoki qoidabuzarni topib, jarimani undiradi — jarima summasi esa töliq DYHXX hisob raqamiga tuşadi.
Keyin navbatdagi boşoğriq boşlanadi: YPX xodimlari haydovçilarni töxtatib, planşetdan maşinada qoidabuzarlik sodir etilganini körib, jarima osilib turganini ma'lum qilişsa — garçi undiruv allaqaçon MIBga ötgan bölsa-da, haydovçilar ma'muriy bayonnoma raqamiga qarab, jarimaning özinigina tölab qöyişadi. MIB xodimlarining ham tuşuntirişlariga qaramasdan, aksariyat haydovçilar «GAI»ning kassasiga borib, faqat qoidabuzarlik uçun jarimani tölaşadi. Boyagi arzimagan 2 foizlik ijro yiğimi va MIB jarimasi yana böyinlarida qarz bölib qolib ketaveradi.
Xatarlar avtomobilni işonçnoma orqali «xarid» qilgan şaxsda köproq
Maşina mulkdori istalgan daqiqada işonçnomani bekor qilişi mumkin. Notarius uni bekor qilişga majbur va bunda ikkinçi tomonning roziligi talab etilmaydi ham. Bu holda notarius hattoki bekor qilişning sababini söraşga ham haqli emas.
Mulkdor ğaraz niyatli bölsa yoki xudo körsatmasin, ölib-netib qolsa, «xaridor» avtomobildan ham, pulidan ham ajralib qolişi heç gap emas.
Agar maşina mulkdori vafot etsa, avtomatik ravişda boş işonçnoma bekor böladi. Undan keyin tuzilgan boş işonçnomalar ham paydar-pay bekor böladi. Avtomobil mulk, u merosxörlari örtasida teng taqsimlanadi. Farzandlaridan birortasi noinsof çiqib qolsa, kuydim deyavering. Maşinani tortib olib, sotib, öz uluşini olmagunça qöymaydi (Yaqindan boşlab notarial idoralar FHDYo bazasiga ulangan, maşina mulkdori hayotmi, vafot etganmi, bir zumda aniqlanmoqda).
Endi boş işonçnoma orqali «oldi-sotdi» keltirgan körgiliklarga töxtalamiz
Birinçi holat. Işonçnoma orqali avtomobilni «xarid» qilgan şaxs uni boşqa kişiga sotmoqçi böladi. Notariusda rasmiylaştiriş jarayonida avtomobil bank garovida taqiqda turgani ayon böladi. Ma'lum bölişiça, avtomobilni boşqa kişiga işonçnoma orqali «sotgan» mulkdori biroz ötib uni garovga qöyib, kredit olişga muvaffaq bölgan. Kredit esa öz vaqtida söndirilmagan. Bankka tuşuntiriş oliş uçun borganda esa, bankirlar ançadan buyon bu avtomobilni qidirib topa olişmayotgani ma'lum bölgan va avtomaşina jarima maydonçasiga kiritib qöyilgan.
Ikkinçi holat. Samarqand şahrida yaşovçi fuqarolardan biri qöşni viloyatdan avtomaşina xarid qiladi va boş işonçnoma orqali 2,5 yil davomida haydab yuradi.
Söngra maşinani sotib yuboriş uçun şahar köçalaridagi turargoh-bozorlardan biriga joylaştiradi. Özi xorijiy davlatga sayohatga ketgan çoğda, turargoh qorovuli YPX xodimlari kelib, avtomaşina YTHda iştirok etgani uçun uni jarima maydonçasiga olib ketişayotganini xabar qiladi.
«Maşinaning barça hujjatlari uyimda turibdi-ku», deya egasi özini xotirjam qiladi. Biroq xorijdan qaytib kelganida maşinasining izini ham topa olmaydi.
Keyingi suriştiruvlardan ma'lum bölişiça, maşinaga qöşni viloyatdagi DYXHBda yangi qayd etiş guvohnomasi olinib, notarius orqali umuman boşqa odamga oldi-sotdi şartnomasi bilan rasmiylaştirib berilgan bölib çiqadi.
Maşina nomida turgan şaxs «maşinani sotganimizga 3 yilça böldi, bu vaqt içida xaridorning yuzi esimda qolmagan, texpasport bilan oldimga rasmiylaştiraylik, deb kelişdi. Notariusda imzo qöyib berdik», degan.
Maşina rasmiylaştirişning bu qadar qimmatligi mana şunday firibgarlik jinoyatlari sodir bölişiga ham zamin yaratmoqda. Işonçnoma orqali maşina «xarid» qilganlar unga töliq egalik qila olmasdan, sudma-sud sarson bölişmoqda.
Davlat öz fuqarolarga qiyinçilik tuğdiradigan bunday holatlarni albatta bartaraf etişi kerak!
Xöş, şunday qilib oldi-sotdi şartnomasi va işonçnomaning asosiy farqi nimada ekan?
Albatta, işonçnoma orqali avtoni yaşirin xarid qilişdan köra oldi-sotdi şartnomasi tuzib xarid qiliş ming çandon xavfsizroq. Çunki oldi-sotdi şartnomasida fuqaro özining pulini himoya qilib qöyadi: şartnomada mulk haqiqatan sotilgani, sotgan şaxs haqiqatan pulini olgani körsatib ötiladi. Işonçnomada esa bunday şartlari yöq.
Qiziq, yaqin xorijda avtomobilni qayta rasmiylaştiriş xarajatlari qança ekan?
Ikkilamçi bozordan xarid qilingan avtomobilni oldi-sotdi şartnomasi orqali boşqa şaxsdan öz nomiga qayta rasmiylaştirişda tölanadigan xarajatlar bizga yaqin ayrim davlatlarda ança arzon. Boz ustiga ularning barçasi notariusda majburiy tarzda oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş, degan talab yöq. Faqat oldi-sotdi şartnomasini savodli qilib tuzişda yuridik maslahat xizmati körsatiladi, xolos.
avtomobilning avvalgi davlat raqami saqlab qolingan holda özga şaxs nomiga ötkaziladigan bölsa — 850 rubl (119 ming söm);
yangi davlat raqami olinsa — qöşimça yana 2000 rubl (280 ming söm) tölanadi.
qayta rasmiylaştiriş uçun ariza onlayn berilsa, 30 foiz çegirma bor.
Notarius xizmati 2000-3000 rubl (280–420 ming söm) orasida.
Qozoğistonda:
öz nomiga rasmiylaştirib yangi texnik pasport oliş — 3646 tanga (92 ming söm)
Notarius xizmati 30 000 tanga (720 ming söm). Qozoğistonda ham özimizdagidek işonçnoma orqali maşinani «sotiş» keng tarqalgan va xatarli tomonlari sanab ötilgan.
import avtomobillar uçun — 563 grivna (225 ming söm);
agar eski davlat raqami saqlanib qolinadigan bölsa, summa yanada kamayadi.
Avtomobil 1 yilda 1 marta sotilsa 5 foiz daromad soliği olinadi.
Transport yiğimi 2000 grivna (800 ming söm);
Notarius xizmati xarajatlari 1800-2000 grivna (720–800 ming söm)
Köryapmizki, MDH davlatlarida yangi avtoraqam bilan qayta rasmiylaştiriş, soliqlar, yiğimlar bilan eng qimmati 120 AQŞ dollari atrofida xarajat qilinmoqda.
Raqamlar nima deydi?
Özbekistonda 2020 yil davomida notariuslar 781 ming 425 ta işonçnoma rasmiylaştirgan bölib, şulardan 400 ming 677 tasi (!) – avtomototransportni tasarruf etiş huquqi bilan berilgan işonçnomalar.
Avtomobil oldi-sotdi şartnomalari esa 319 ming 565 tani taşkil etmoqda. Ya'ni insofsiz darajada örnatilgan tölovlar avtomobil xaridorlarining yarmidan köpini işonçnoma tuzişga majburlayapti.
Bir muddat avval xarid qilinganiga 1 yil bölmagan yangi avtomaşinalarni sotişga republika böyiça juda katta, qariyb avto narxiga teng boj joriy qilingan edi. Bu işlab çiqarilganiga 1 yil bölmagan avtomaşinalarni sotiş uçun öziga xos taqiq edi.
Albatta, fuqarolarning avtosalondan maşinalarni xarid qilib, uni darhol avtobozorga çiqarib, foydasi bilan sotişining oldini oliş uçun qilingan nayrang edi bu. Mana şunday taqiqlovçi normalar qayta körib çiqilib, bekor bölib ketdi. Demak, xalqqa yengillik yaratib, bekor qilsa böladi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida xususiy mulk boşqa mulk şakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidaligi belgilab qöyilgan.
Avtomobillardan bir neça barobar qimmat turadigan uylarni ikkilamçi bozorda oldi-sotdi qilganda öz nomiga rasmiylaştiriş arzimas pulga tuşadi-yu, ikkilamçi bozordan avtomobil sotib olib, öz nomiga rasmiylaştirmoqçi bölganlar negadir «soğin sigir» qilib qöyilgani çindan ham hayratlanarli.
Avtomobilga mulk huquqini rasmiylaştirişdagi tölovlar nimaga asoslanib bunçalik baland örnatilgan? Axir bu xizmatlarni bajariş oğir va maşaqqatli iş emas-ku? Qaysi mantiqqa köra, avtomobilni rasmiylaştirişda uning yoşi va dvigatel hajmiga qarab xarajatlar keskin oşib boradi?
Bunday baland summalarning örnatilgani mulkdor böliş huquqining sun'iy ravişda çeklanişi emasmi?
Söngsöz örnida
Avtomobil ham mulk. U Özbekistonda, avtosalondan xarid qilinganda QQS tölanadi, yöl fondiga 3 foizlik ajratma ham xaridor gardanida. Yoki çegara orqali xorijdan kerib kelganda davlat boji olinadi. Şu yetarli emasmi?
Qolgan paytlarda u foydalaniş asnosida sotilsa, faqat qayta rasmiylaştiriş va davlat avtoraqami uçun tölov qilinişi va notarial idorada xuddi kvartirani rasmiylaştirganlik kabi tölov qilinişi şart.
Bir avtomobil 10 marta sotilsa rasmiylaştirişga 10 marta millionlab pul olinişi heç joyda kuzatilmagan holat.
Agar bunday tösiqlar yangi avtomobil savdosi yurişişi uçun qilingan bölsa, bu nihoyatda ğirrom usul. «ÖzAvtoMotors» tomonidan işlab çiqarilgan yangi avtomobillar avtosalonlarda sotilmay yotganida ham boşqa gap edi. Lekin xaridorlarga avtomobillar öz vaqtida yetkazib berilmayapti-ku?
Agar maqsad mahalliy budjetni töldiriş bölsa, bu ham ğirrom usul. Haydovçilar şundoq ham sarflayotgan yonilğisidan soliq tölaşadi. Qolaversa, odamlarimiz avtomobil oliş uçun yillab mablağ yiğişadi. Belgilab qöyilgan bojlarni esa hammaning çöntagi kötaravermaydi.
Şunday ekan, ikkilamçi bozordan xarid qilingan avtolar uçun ortiqça tölovlarni bekor qiliş vaqti yetib kelmadimikan? Aytaylik, avtoni töliq qayta röyxatga oliş uçun hozir odamlar tölaşga tayyor bölgan, qurbi yetadigan — boş işonçnomaga sarflanayotgan summa miqdorigaça tuşiriş.
Yurtimizda poytaxt propiskasi, xorijiy valutaning davlat tomonidan belgilab qöyilgan davlat kursi kabi bölmağur va ğirrom amaliyotlarga barham berildi. Balkim buning ham navbati kelgandir?
Bugun qalam urilgan mavzuda Kun.uz avval ham çiqiş qilgan edi. Lekin kötarilgan masalaga heç qanday reaksiya bildirilmadi. Balki bunisiga ham heç bir mas'ul e'tibor bermasligi mumkin. Ammo, oğriqli bu masalaga e'tibor berilguniça çiqiş qilaveriş jurnalistning vazifasi. Çunki propiska va valutadagi ğirromliklarga ham şu yöl bilan barham berilgani oçiq tan olinadigan fakt.