Atrofga nazar soling. Köçalar maşinalarga töla. Ctatistikaga köra hozir har ikki oiladan birida avtomobil bor. Bu ijobiy körsatkiç, albatta.

Şu kunlarda yangi avto uçun tölov qilib, avtosalonda öz navbatini kutayotganlar soni 30 mingdan ortiqni taşkil etar ekan. Vaziyat şu darajaga borib yetganki, avtosalonlardagi navbatlar ham sotilmoqda.

Afsuski, bor-ye, deb qöl siltab, xorijdan yangi avtomobil olib kirmoqçi bölsangiz, qariyb şu avto narxiga teng miqdorda boj tölaş talab etiladi. Bu işlar milliy avtosanoatni raqobatdan «himoyalaş» uçun qilingani isbot talab qilmas aksiomadek gap.

Milliy avtosanoat esa ehtiyojlarni qondira olmayapti. Avto narxlari qimmat ekani, ehtiyojni qondiriş va raqobatni ta'minlaş uçun xorijiy avtolarga örnatilgan bojni bekor qiliş masalasi bot-bot kötarilmoqda.

Ammo bundan ham avvalroq yeçilişi lozim bölgan muhimroq vazifa bor — ikkilamçi bozordan xarid qilingan avtomobillarni qayta rasmiylaştirişga joriy etilgan haddan ziyod davlat bojlarini pasaytiriş kerak. Bugun yana şu haqida gaplaşamiz.

Sözimiz avvalida haydovçilardan biri boşidan keçirgan voqea bilan tanişing.

Postda yöl-patrul xizmati xodimi uning maşinasini töxtatib, hujjatlarni söraydi. Hujjatlar bilan tanişa turib, avvaliga işonçnoma söragan xodim, keyin biroz taajjublanib, «uzr, maşina öz nomingizda ekan-a?» deydi. Bu taajjub sababini söralganida «aksariyat haydovçilar boş işonçnoma (xalq tilida «gendoverennost») bilan yurişini aytgan.

Xöş, boş işonçnoma («gendoverennost») nima özi?

Bu — avtomobilni boşqariş va tasarruf qiliş huquqini beruvçi, notarial tasdiqlangan işonç qoğozi bölib, u bilan maşinani boşqariş, maşina egasining nomidan iş köriş, ehtiyoj tuğilganda şu qoğoz bilan avtomobilni boşqa şaxsga sotib yuboriş yoxud boşqa şaxsga boşqa işonçnoma berişini ta'minlovçi huquq.

Mohiyatan, mulk egasi Özbekistonda bölmaganda yoki özi iştirok etişni hohlamaganda uni sotiş yoki tasarruf etiş uçun boşqa şaxsga boş işonçnoma berilişi kerak. Xususan, uy va kvartiralar oldi-sotdisi masalasida bu qoğoz şunday işlaydi.