Maqolaning birinçi qismida avtomobil oldi-sotdisini rasmiylaştiriş nihoyatda qimmatga tuşişi haqida batafsil töxtalingandi. Xöş, nisbatan arzonroq boş işonçnoma qanday risk va xatarlarni vujudga keltiradi? Maşinaning avvalgi va yangi egalari uçun qanday noqulayliklar tuğdiradi? Endi şular haqida.

«Gendoverennost»ning maşina mulkdoriga yetkazadigan noqulayliklari

Eng avvalo, şuni anglamoq kerakki, avtomaşina texpasportida ism-familiyasi yozilgan fuqaro qonunga köra ham, barça bazalarda ham maşina mulkdori sifatida qolaveradi. Notariusda boş işonçnoma rasmiylaştirilsa ham uni mulk huquqi tark etmaydi. Yoki boş işonçnoma orqali maşina «xarid» qilgan inson hali uning mulkdori sanalmaydi. Şunçaki, u avtomobilni haydaşi va boşqaga sotişi mumkin.

Bizda maşinani oldi-sotdi şartnomasi bilan rasmiylaştiriş xarajatlari odat tariqasida xaridor tomonidan amalga oşiriladi. Biz hikoya qilayotganimiz — boş işonçnoma orqali yaşirin xarid qiliş taşabbusi ham ulardan çiqadi. Katta pulga xotirjamlikdan köra, tavakkal qilib kiçikroq pulga boşoğriq sotib olişga majbur bölyapti odamlar.

Maşinani haydab yurgan «xaridor»ning yöl harakati qoidalarini buzgani radar va kameralar yordamida aniqlansa, bayonnoma va jarima tölovi tölaş haqidagi xabarnoma avtomatik ravişda avtomobil mulkdorining manziliga jönatiladi. Bu Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 17(1)-moddasida belgilab qöyilgan.

Avtomaşinani boş işonçnoma bilan haydab yurgan kişilarning qoidabuzarligi yöllarda radar va kameralarga tuşsa, ularga xabarnoma ham bormaydi, DYHXX ularni axtarib topib, jarimani undirib ham ötirmaydi va jarimani undiriş Majburiy ijro byurosiga ötadi.

MIB uçun qiyinçiliklar

Jarimalarni tölaş paysalga solinsa, MIB tomonidan turli taqiqlar va qöşimça jarimalar solinişiga ham sabab bölişi mumkin.

Biz suhbatlaşgan MIB inspektorining tuşuntirişiça, undiruv MIBga kelib tuşgaç, ijro işi qözğatiladi («delo» oçiladi). Haydovçiga jarimani tölaş uçun 15 kun vaqt beriladi. Keyin jarimani undiriş uçun uning summasining 2 foizi miqdorida arzimagan ijro yiğimi va jarima qöllanadi.