16:27 / 09.10.2016
26629

Hafta fotoalbomi: O‘zbekiston va jahon sahnasidagi eng muhim voqealar

O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovardir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

2 oktabr kuni Ispaniyaning Tarragon shahrida an'anaviy Kataloniya tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etganlar eng baland kastellar - «insonlardan barpo etilgan qasrlar»ni qurish bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘ziga xos “bino”lar yuzlab insonlardan barpo etiladi. Musobaqa besh raunddan iborat bo‘lib, “bino”ning nafaqat balandligi, balki minoraning murakkabligi ham baholanadi.

 

Biz zamonaviy tibbiyot, astronomiya va texnika sohasidagi yutuqlarni diqqat bilan kuzatamiz va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlarni kutamiz. Biroq hamma kashfiyotlar ham og‘ir kasalliklarni tuzatish uchun mo‘'jizaviy dori vositalarini yaratish yoki texnik yangiliklar qilishga majbur emas. “Populyarnaya mexanika" nashrida so‘nggi yillarda qilingan eng g‘aroyib kashfiyotlar ro‘yxati havola etildi. 

 

Istanbulda yo‘l chetiga suyanib o‘tirgan Tombili mushugiga haykal o‘rnatildi.

 

Hyatt Regency Tashkent O‘zbekiston poytaxtining qoq markazida qad rostlagan bo‘lib, shaharga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Mazkur 5 yulduzli mehmonxonada xalqaro standartlarga javob beruvchi xonalar, restoran va anjuman zallari, dam olish xonalari, basseyn hamda spa-salonlar joylashgan.

 

Nike Inc kompaniyasi "Kelajakka qaytish" filmidagi bosh qahramonning poyafzalidan andoza olib, o‘zi bog‘lanuvchi Nike Air MAG krossovkalarini ishlab chiqardi. Yangi krossovkalar bor-yo‘g‘i 89 juft qilib chiqarildi. Bu krossovkalarni chiptasi 10 dollar turadigan internet-lotereya orqali ega bo‘lish mumkin. Krossovkaning narxi 10 ming dollarga baholangan.

 

4 oktabr kuni kechqurun Tbilisi shahri markazidagi "Pirimze" savdo markazi oldida parlament deputati, "Milliy birlik harakati" partiyasi vakili Givi Targamadzega tegishli avtomobil portlab ketdi.

 

5 oktabr tongida Toshkent shahrida yirik yo‘l transporti oqibatida bir inson hayotdan ko‘z yumdi va kishilarga moddiy talofatlar yetkazildi. Yo‘lovchi tashuvchi avtobus katta tezlikda kelayotgan “Lasetti” rusumli mashina bilan to‘qnashishi natijasida ana shunday mudhish holat yuz berdi. 

 

AQShning Merilend shtatida 2 oktabr kuni o‘zbekistonlik talaba yigit, 18 yoshli Sardor Fayziyev otib o‘ldirildi. Bu haqda Uz-Rek.com saytida AQShdagi o‘zbek muhojirlariga asoslanib xabarbergan.

 

Chexiyalik dizayner Petr Chladek kuzov panellari 3D-printerda tayyorlangan shahar elektromobili prototipini yaratdi.

 

Southwest Airlines aviakompaniyasining AQShning Luisvill shahridan Baltimorga uchishi kerak bo‘lgan 944-reysi parvoz oldidan Galaxy Note 7 yonib ketgani sababli evakuatsiya qilindi. Qurilma xavfsiz deb belgilangan yangi smartfonlar partiyasiga tegishli bo‘lgan.

 

"Mettyu" to‘fonining AQSh televideniyesida ertalabki ob-havo ma'lumotlarida ko‘rsatilgan sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratida kutilmagan va qo‘rquvga soluvchi tasvir ko‘rindi. Suratda iljayib turgan odam bosh suyagini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ushbu tasvirni boshlovchi Mett Devitt tvitterda chop etdi.

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6 oktabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

 

Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya bo‘limi yonida sodir etilgan portlashning taxminiy tashkilotchisi hibsga olindi. Portlash oqibatida 10 kishi jarohat olgan.

 

Internet tarmoqlarida yangi yulduzcha paydo bo‘ldi. Uning ismi Junior bo‘lib, bolakay o‘zining qalin sochlari tufayli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketdi. U 9 hafta ilgari dunyoga kelgan. 

 

AQShning ayni damda "Mettyu" dovuli bo‘layotgan hududi Florida shtatida yashovchi ayol o‘z uyini xavfsiz joy deb hisobladi va avtomobilini mehmonxonasiga joylashtirdi.

 

Toshkent shahri 2016 yil 7 oktabr, muborak juma kuni. Allohning inoyati bilan qurib bitkazilgan va mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qayta qad rostlagan yangi masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

7 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining 64 yoshini qarshiladi. Jahondagi turli voqealar sababli Putinning shaxsi turlicha qabul qilinadi, ba'zilar uning siyosatini qo‘llab-quvvatlaydilar, ba'zilar ma'qullamaydilar. Biroq quyida biz bu haqda to‘xtalmaymiz, shunchaki Putinning hayotidan hammaga ham ma'lum bo‘lmagan faktlar bilan tanishtiramiz.

 

Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillayev 8 oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

 

Germaniyaning Drezden shahrida politsiyachilarning avtomobillari (3ta avtomobil) noma'lum shaxs tomonidan yoqib ketilgan. Bu haqda Mopo24 nashri tomonidan xabar tarqatilgan. Hodisa Königsbrücker ko‘chasidan uzoq bo‘lmagan hududda ro‘y bergan.

 

Eronda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi a'zolari AQShning ushlab olingan droni suratini chop etishdi, deb xabar bermoqda Tashim News agentligi.

 

Hindistonning Panjob shtatidagi chegarachilar, mamlakat bosh vaziriga Narendra Modiga jangovar ruhda bitilgan maktubni olib ketayotgan kabutarni ushlab olishdi.

Top