Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva Oliy sudning yangi raisini qutladi.
«Bugun Oliy sudning yangi raisi Robaxon Anvarovna Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi.

Prezidentimiz odamlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri — adolat ekanini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart. Zero, rivojlanish va farovonlikka qaratilgan har qanday islohot faqat mustaqil sudning ishonchli himoyasidagina chinakam kuchga ega bo‘ladi.

Hozirda Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimini shakllantiryapmiz. Amaldagi sudlarimiz ham ana shunday yangi tajribalarga ochiq bo‘lishi, dunyoning ilg‘or namunalarini o‘z faoliyatida dadil joriy qilishi juda muhimdir.

Tizim alohida shaxslarga bog‘lanib qolmasdan, kadrlar almashinuvidan qat’i nazar, soat mexanizmi kabi aniq va uzluksiz ishlashi kerak. Har bir sudya sharafi va sha’nini yuksak darajada saqlagan holda egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim.
Robaxon Anvarovnaga mustahkam iroda hamda doimo oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilishida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.



Mavzuga oid
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva va Yerlan Karin sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi
08:25 / 22.06.2026