Alisher Sa'dullayev Yoshlar ishlari agentligiga rahbar bo‘ldi
Alisher Sa'dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi. U shu munosabat bilan prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimini tark etdi.

Foto: Yoshlar ittifoqi
Prezident qarori bilan Sa'dullayev Alisher Zafar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan, Alisher Sa'dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Alisher Sa'dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumani (hozirgi Sharof Rashidov tumani)da tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
2017 yil 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida chiqish qilgan 23 yoshli Alisher Sa'dullayev Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan edi. O‘zbekiston tarixidagi eng yosh vazir o‘rinbosari 2018 yil oktyabrida vazirlikdan ketdi, ko‘p o‘tmay Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi.
U 2019 yil avgustida Qahramon Quronboyev o‘rniga Yoshlar Ittifoqiga rais bo‘ldi, 2020 yil yanvarida esa prezident uni senator - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Yoshlar ittifoqi agentlikka aylanishi haqida xabar tarqalgandi.
2020 yilning 30 iyunida prezident farmoni bilan Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

21:02 / 17.05.2025
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda

22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi

20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi

18:17 / 04.10.2024