Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoşlar bilan ötkazilgan uçraşuvda Yoşlar ittifoqi taşkiloti muammolariga töxtalib, endilikda yoşlar masalasida töğridan-töğri davlat bilan işlaydigan taşkilot oçişga ehtiyoj paydo bölayotganini qayd etib ötgan.

Prezidentning Yoşlar ittifoqi negizida Yoşlar işlari agentligi taşkil etiş taşabbusi yiğilganlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Kun.uz muxbiri aniqlik kiritişiça, prezident boş vazir Abdulla Aripov, prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov hamda Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Sa'dullayevga bir oy muddat içida rivojlangan mamlakatlarning ilğor tajribasidan kelib çiqib, Yoşlar Ittifoqi negizida Yoşlar işlari agentligini taşkil etiş, «Yoşlar – kelajagimiz» jamğarmasi samaradorligini oşiriş böyiça taklif kiritiş topşiriq qilingan.

Yoşlar ittifoqi matbuot xizmatidagi manba Kun.uz’ga nodavlat notijorat taşkilot agentlikka özgarayotganini tasdiqladi va bir oy içida katta işlar amalga oşirilişini aytib ötdi. Uning sözlariga köra, yangi agentlik prezident administratsiyasi qoşida taşkil etilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Yoşlar ittifoqi 2,5 yil muqaddam, 2017 yilning 30 iyunida 2001 yildan buyon faoliyat körsatib kelgan «Kamolot» Yoşlar ijtimoiy harakati örnida taşkil etilgandi. Taşkilotga 2017-2019 yillarda Qahramon Quronboyev raislik qildi, 2019 yil avgustida esa u işdan böşatilib, uning örnini örinbosari Alişer Sa'dullayev egalladi.

Yangi agentlik taşkil topganidan keyin Alişer Sa'dullayev prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi birinçi örinbosari - agentlik direktori hisoblanadi.