Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tarixidagi eng yosh vazir o‘rinbosari XTVdan ketdi, u yangi lavozimga tayinlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ga XTVdagi manba tasdiqlagan.
Kun.uz’ning surishtiruviga ko‘ra, Alisher Sa'dullayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyevning birinchi o‘rinbosari sifatida yangi lavozimga tayinlanishi mumkin.
Bugun soat 16:00 da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. U yerda kiritiladigan taqdimnomaga ko‘ra Alisher Sa'dullayev yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida chiqish qilgan 23 yoshli Alisher Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlagan edi.
Alisher Sa'dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
Mavzuga oid
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida
20:37 / 22.11.2022