“Tohir Malik gurunglari”: ustoz adib mushohadalari jamlangan kitob
“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiyot uyi tomonidan “Tohir Malik gurunglari” nomli kitob chop etildi. Unda ustoz-shogird – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik va yosh adib Anvar Namozovning dilkash suhbatlari o‘rin olgan.
Kitobda ikki ijodkorning turli qarashlari, fikr-mulohazalari keng joy olgan. Tabiiyki, bunda ustozning mushohadalariga ko‘proq o‘rin ajratilgan.
– Bu kitobning tarixi kun.uz tahririyati bilan bog‘liq, – deydi Anvar Namozov. – Tohir akaning “Ajab dunyo” kitobi chiqqanida mazkur saytga xabar yubordik va sayt ma'muriyati adib bilan maxsus suhbat uyushtirib berishimizni so‘radi. Shunga ko‘ra, ustozga murojaat qildik. Yaxshigina suhbat bo‘ldi. U saytga chiqqach, boshqa internet nashrlari ham ko‘chirib bosdi. Suhbatni “O‘zbekiston” nashriyoti direktorining birinchi o‘rinbosari Ashurali Jo‘rayev o‘qib qolibdi. U kishi Tohir Malik bilan uyushtirilgan musohaba juda yoqqanini, boshqa mavzular bilan kengaytirib berishni taklif qildi. Ustoz bilan loyiha ustida ish olib bordik va qisqa fursatda salkam 400 sahifadan iborat ajoyib kitob tayyor bo‘ldi. Uning nomini Ashurali Jo‘rayev chiroyli tarzda “Tohir Malik gurunglari” deb qo‘ydi.
“Olti o‘rim sochga – to‘rt zog‘ora non”, “Qaytar dunyo saboqlari”, “Afyunning hammasini yoqib bo‘ladimi?”, “Yoshlar tarbiyasida shukronalik odobi”, “Shaytanat” kitobi, filmi, prototiplari va... hammasi haqida”, “Millionlar o‘yiniga nazar”, “Muhimi, ko‘ngil kulib tursin” – “Tohir Malik gurunglari”ni ana shu mavzular tashkil etadi.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

09:00 / 18.05.2019
Shavkat Mirziyoyev Tohir Malik vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

10:31 / 16.05.2019
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

19:11 / 02.10.2018
«Shaytanat»ning to‘liq to‘plami nashrdan chiqdi

12:10 / 20.08.2018