Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Manba xabariga köra, Tohir Malik şifoxonada bölgan, oşqozon kasalligi bilan boğliq oğir jarrohlik amaliyotidan söng öziga kelmagan. Bildirilişiça, janoza marosimi bugun, 16 may kuni asr namozidan keyin bölib ötadi. Yozuvçi «Kökça» qabristoniga dafn etiladi.
Tohir Malik (Tohir Abdumalikoviç Hobilov) 1946 yil 27 dekabrda Toşkent şahrida tuğilgan. Özbek fantastikasining asosçilaridan biri. Toşkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969).
Birinçi yirik asari — «Hikmat afandining ölimi» (1972). «Zaharli ğubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yöli elçilari» (1978), «Çorrahada qolgan odamlar» (1982), «Bir köça, bir keça» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «Sönggi öq» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzaşt qissalari maşhur.
«Şaytanat» romani yozuvçining yirik asarlaridandir. Asar asosida köp seriyali telefilm yaratilgan. «Jinoyatning uzun yöli» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyğular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar töplami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxşa», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moştabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar işlangan.
Rus yozuvçisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma'suma» qissasini, şuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.
Tohir Malikka Özbekiston xalq yozuvçisi unvoni 2000 yilda berilgandi.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.











