Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik «Yoşlar» teleradiokanalida tungi klublarga bağişlangan körsatuvda iştirok etdi va tungi klub masalasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Matematikada aksioma, degan tuşunça bor. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqatga nisbatan qöllaniladi.

Tungi klublar bölmasligi kerak. Bu — aksioma! Tamom!

Bu yerda ötirganlarning köpçiligi tungi klublarga kirmagan, men esa kirganman. Çol odam, diskoteka va tungi klublarga kirganman. 15 yilça bölib qoldi, «Talvasa» degan romanimga ma'lumot yiğiş uçun kirganman, örganganman.

Kirsangiz, ruhiy tomondan maxluqdan farqi yöq u yerdagi insonlarning. Odam emas ular. Çunki ularning içida köpi giyohvand. Qölida biror belgi bölmasa ham, burni orqali tortişadi.

U yerga kiruvçi qizlarning aksariyati fohişami — fohişa! Xöp şunday ekan, «tungi klub» demaylik, öz nomi bilan ataylik — «buzuqlik klubi» u yer.

Domla (imomga qarata — tah.), sizlar ba'zan juda yumşoqlik qilasizlar tuşuntirişda, aslida sal qattiqroq gapiriş, qattiqroq fatvolar beriş kerak. Çunki oddiy narsa-ku?! Mana şu buzuq joydan topilgan daromadni nima deb ataş mumkin? Hamma narsani öz nomi bilan ataş kerak.

Yana bitta narsa. Öşa joyda, mana sizlarda (huquq-tartibot organi xodimiga qarata — tah.) ma'lumotlar ham borku, giyohvand moddalar — afyun sotuvçilarning köpi öşa joylarda uşlanadi. Öşa yerlarda afyunfuruşlik, ya'ni qoradori sotiş urçigan.

Undan taşqari, öşanda, qiziqib yurgan paytimda bir narsani aniqlaganmiz. Bu — yozgan kitobimda ham öz aksini topgan. Afyunfuruşlar juda aqlli odamlar bölişadi. Huquq-tartibot organlari xodimlari öylamaydigan narsalarni öylab topişadi.

Ular konditsioner ostiga ozgina giyohvand modda taşlab qöyişadi. U havo orqali purkalib, havoga aralaşib, yoşlarning dimoği orqali organizmga kiradi va yoşlarda allaqanday kötarinkilik holati paydo böladi. Ya'ni, öşa qondagi şayton vasvasa qila boşlaydi-da. Ertaga uning yana kelgisi keladi.

Qozonga yaqin yursang — qorasi, yomonga yaqin yursang — balosi yuqadi, deydilar. «Biz falonçining bolasi nima bölsa bölsin, ötiraversin tungi klubida», demaylik. Unday yomonning yomonligi yaxşilarga ham yuqadi.