Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada davlat xizmati: nemis mulozimlariga havas qilsa bo‘ladimi?
Yosh germaniyaliklar davlat xizmatida ishlashni istashadimi? Davlat xizmatchisi bo‘lish qanday imtiyozlar beradi? DW bunga aniqlik kiritdi.
Germaniyada mulozimlik
So‘rovlardan ma'lum bo‘lishicha, Germaniyadagi aksariyat aholi davlat xizmatchisi maqomi ko‘plab imtiyozlar berishiga ishonishadi. Shu bilan birga, jamiyatda ko‘pincha aynan davlat xizmatchilari ustidan - ularning dangasaligi va beg‘amligi ustidan kulishadi.
Hazil o‘z yo‘liga, ammo Germaniyada davlat xizmatchisi kim ekanligini aniqlab olaylik. Davlat mulozimi ijtimoiy-huquqiy, budjet sohasida faoliyat ko‘rsatadi, ammo ushbu sohada ishlayotgan har bir kishi mulozim hisoblanmaydi. Ijtimoiy-huquqiy sohadagi barcha xodimlarning uchdan bir qismigina davlat xizmatchisi maqomiga ega.
Davlat xizmatchisining asosiy farqi shundaki, uning mehnat faoliyati ijtimoiy-huquqiy sohadagi boshqa xizmatchilarniki kabi tarif kelishuvlari bilan tartibga solinmaydi. Aynan shu sababli yana bir muhim jihat yuzaga chiqadi: davlat xizmatchilari ish tashlash huquqiga ega emas.
Davlat xizmatchisi maqomi talabalar orasida ommalashgan
Agarda davlat xizmatchisining maqomi bir umrlik bo‘lsa, uni ishdan bo‘shatish mumkin emas. Ammo bu maqom sinov muddatiga yoki ma'lum bir vaqtga ham berilishi mumkin. Davlat xizmatchisi shunchaki maqom emas, balki tayinlov hamdir: u davlat va jamiyatga xizmat qiladi. U neytral holat va mustaqilligini saqlab qolishi, jamiyatning demokratik asoslari uchun xizmat qilishi kerak. Davlat xizmatchilari sud-huquq tizimi, politsiya, vazirliklar, idoralar, maktablarda ishlashadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, davlat xizmati yoshlar orasida ommalashgan. 2018 yilda talabalarning 40 foizdan ortig‘i davlat xizmatida ishlashni istashini bildirgan. Talaba qizlar orasida esa bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Maosh o‘rniga xizmat haqi
Yana bir tafovut: davlat xizmatchilari oylik maosh olishmaydi, ularga o‘zlarini to‘laligicha ishga bag‘ishlash imkonini beruvchi xizmat haqi to‘lanadi. Hujjatlarda belgilanganidek, faqatgina iqtisodiy mustaqil mulozimgina davlat uchun xizmat qilishi mumkin. xizmat haqi maxsus qonun bilan tartibga solinadi va lavozimga bog‘liq. Xizmatchining toifasi qancha yuqori bo‘lsa, xizmat haqi ham shunga yarasha ko‘p bo‘ladi.
Davlat xizmatchisining imtiyozlari
Davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatish mumkin emas – faqat uch yil davom etadigan sinov davridagina bo‘shatish mumkin. Agarda u kasal bo‘lib qolsa, xizmat haqi uning butun kasallik muddati davomida to‘lanadi, bu borada xususiy sektordan farqli o‘laroq, hech qanday cheklov yo‘q. Davlat xizmatchisining pensiyasi soliqlar to‘languniga qadar olgan xizmat haqining 70 foizigacha yetadi. Davlat xizmatchilarining kreditni to‘lash qobiliyati yuqori, shu bois ular uchun maxsus moliyalashtirish sharoitlari yaratilgan. Davlat xizmatchilari pensiya jamg‘armasi, ishsizlik ehtimoli uchun sug‘urtaga pul to‘lashmaydi. Ular tibbiy sug‘urta uchun o‘zlari pul to‘lashadi, ammo tibbiy xizmatlar uchun barcha xarajatlari to‘lab beriladi. Bundan tashqari, ular va oila a'zolari maxsus moliyaviy yordam olish imkoniyatiga ega.
Odatda davlat xizmatchisi uchun uch yil sinov muddati belgilanadi. Ammo ayrim hollarda bu muddat bir yilgacha qisqartirilishi yoki butunlay bekor qilinishi ham mumkin. Ajratilgan muddat davlat xizmatchisi maqomini olishga yetarli bo‘lmasa, sinov muddati uzaytirilishi ham mumkin.
Germaniyadagi davlat muassasalarida faqatgina GFR fuqarolari davlat xizmatchisi bo‘lib ishlashi mumkin, kamdan-kam hollarda Yevroittifoq tarkibidagi davlatlardan birining fuqarosiga ana shunday imkoniyat beriladi.
Nima uchun o‘qituvchi davlat xizmatchisi hisoblanadi?
Germaniyada maktabda ta'lim olish umumiy majburiyat hisoblanadi. Butun maktab ta'lim tizimi davlat nazoratida.
Ta'lim vazirligining bildirishicha, o‘qituvchiga davlat xizmatchisi maqomi berilishi o‘quv jarayonining to‘xtovsiz ta'minlanishini kafolatlaydi, chunki o‘qituvchilarda ish tashlash huquqi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, mulozim-o‘qituvchi o‘z zimmasiga demokratik jamiyat asoslariga rioya qilgan holda ta'lim berish majburiyatini oladi.
Mulozim kim?
Germaniyadagi budjet muassasalari va tashkilotlari, xususan, ta'lim sohasi (maktab va oliy o‘quv yurtlari), sog‘liqni saqlash (davlat tibbiyot muassasalari), ijtimoiy sug‘urta xizmati xodimlari mulozim hisoblanadi. Bundan tashqari, politsiyachilar, chegara va bojxona xizmati xodimlari ham davlat xizmatchilaridir.
Davlat xizmatchisi necha pulga ishlaydi?
Xizmat haqi miqdori mulozimning necha yil ishlagani, malakasi va kasbiga bog‘liq. Asosiy xizmat haqidan tashqari, qo‘shimcha to‘lovlar ham beriladi. Mutaxassislarning qayd etishlaricha, davlat xizmatchisining xizmat haqi bozor sektoridagilarning oyliklari bilan raqobat qila olmaydi.
Masalan, davlat xizmatidagi shifokor taxminan 3800 yevro haq bilan ish boshlaydi. Xususiy klinikada ishlovchi shifokorlarning boshlang‘ich maoshi esa 4000 yevrodan oshiqroq bo‘ladi. O‘n yildan so‘ng davlat tibbiyot muassasasi shifokori 4500 yevrodan sal ortiqroq oladi, xususiy klinika shifokori esa bu vaqtda mutaxassisligiga qarab 5000 dan boshlab 6000 yevrodan ortiqroq maoshga ishlaydi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Prezident JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi
O‘zbekiston | 09:51
-
Prezident Air Producs bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 09:48
-
O‘zbekiston va Britaniya mehnat migratsiyasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
O‘zbekiston | 09:46
Mavzuga oid

14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi

13:13 / 20.09.2025
Germaniyada umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi

08:54 / 20.09.2025
Germaniya ma’lumotlar o‘g‘irlanishi oqibatida 289 mlrd yevro zarar ko‘rdi

08:32 / 20.09.2025