O‘zbekiston | 16:48 / 18.01.2021
41817
2 daqiqa o‘qiladi

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi

2021 yil davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

Foto: Shutterstock

Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra:

  • avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yo‘lga qo‘yish va yangi avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish;
  • transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari (davriyligi)ni uzaytirish;
  • Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)larida fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat'i nazar avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berishni amalga oshirish;
  • barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)larida hamda kamida 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishni (shu jumladan, almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini berish) fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat'i nazar amalga oshirish;
  • haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlardan imtihon olish jarayonini jamoatchilik tomonidan, shu jumladan internet orqali kuzatish imkonini yaratish.

Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini kiritadi.

Mavzuga oid

E`lonlar