«Yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tizimini joriy etiş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi.
Loyihaga köra, jarima ballari haydovçilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi.
Jarima ballari «E-jarimaball» moduli orqali, inson omilisiz, avtomatlaştirilgan tartibda hisoblab boriladi.
12 oy mobaynida yöl harakati qoidalarini buzmagan haydovçilarga rağbatlantiriş tariqasida birinçi jarima bali hisoblanmaydi.
Haydovçilarning oxirgi huquqbuzarligi uçun jarima bali hisoblangan vaqtdan boşlab, 6 oy davomida boşqa qoida buzmasa, umumiy jarima balidan ikki ball ayirib taşlanadi. Agar jarima balining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bölsa, barça jarima bali ayirib taşlanadi hamda jarima balini hisoblaş muddati birinçi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boşlanadi.
Haydovçilar özining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni «E-jarimaball» moduli va maxsus mobil ilova hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bilib olişi mumkin. Jarima bali haqida SMS xabar yuboriladi.
Jarima bali asosida transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.
Maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş tizimi orqali qayd etilgan yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça jarima ballarini hisoblanmaydi. Bu amaliyot qaçondan boşlanişi noma’lum. Qaror loyihasida Içki işlar vazirligiga foto-video qayd etiş tizimi orqali haydovçilarning şaxsiga aniqlik kiritiş imkoniyati yaratilgandan keyin bu tizim orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun ham ball hisoblaş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga xulosa kiritiş topşiriği közda tutilgan.
Qoidabuzarlik uçun qança jarima ballari quyidagiça bölişi belgilangan:
- Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uçun - 0,5 ball;
- Belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan köp bölmagan kattalikda oşirib yuboriş - 0,5 ball;

















