Taxtaqoracha dovonida ayrim toifadagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi
Dovonda yo‘l torligi, xavfli burilish joylarining radiusi kichikligi, yuk mashinalari sekin harakatlanishi tufayli ularni quvib o‘tish imkoni bo‘lmaganligi noqulayliklar tug‘dirgan. Avtomobil yo‘li III toifadan II toifaga o‘zgartirilgunga qadar yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan M2, M3 hamda N3 toifadagi transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklangan.

Foto: Kun.uz
M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismida ayrim toifadagi transport vositalari harakati cheklandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismida yo‘l torligi, xavfli burilish joylarining radiusi kichikligi, oldinda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining sekin harakatlangani tufayli quvib o‘tishning imkoni yo‘qligi noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Shu sababli avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni hisoblangan 1135-1145 kilometrlari oralig‘ida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga hamda yo‘lni III toifadan II toifaga o‘zgartirgunga qadar yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan M2, M3 hamda N3 toifadagi transport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklangan. Bu orqali harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsad qilingan.
Dovonda harakati cheklangan transport vositalari toifalari quyidagilar:
- M2 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;
- M3 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari;
- N3 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini topshirdi
Jahon | 02:03
-
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Moskva Ukrainaga qarshi «abadiy» urushishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:01
-
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Jahon | 23:26 / 30.05.2025
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54 / 30.05.2025
Mavzuga oid

11:51 / 29.05.2025
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi

09:45 / 11.04.2025