O‘zbekistonda ayrim tovarlar va qadoqlash vositalariga nisbatan ekologik yig‘im joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, hozirgi kunda qattiq maishiy chiqindilar sohasini tartibga solishda bir qator kamchilik va muammoli masalalar, xususan, maishiy chiqindilarni dastlabki saralash (alohida saralab yig‘ish), ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, zararsizlantirish va takror foydalanish, shuningdek, mazkur tadbirlarni moliyalashtirish kabi masalalar yuzaga kelgan.
“Bugungi kunda amaldagi tariflar faqatgina qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish uchun xizmatlar ko‘rsatishga hisoblab chiqilgan bo‘lib, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni kompleksli amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni qoplamaydi. Natijada sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlarida maishiy chiqindilarni saralash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash sohalarini rivojlantirish uchun aylanma mablag‘lar shakllanmay qolmoqda”, - deyiladi loyihada.
Qaror loyihasida yuqorida qayd etilgan muammoli masalalarni yechish, shuningdek, iste'mol (foydalanish) xususiyatlarini yo‘qotganidan so‘ng hosil bo‘ladigan chiqindilarni yig‘ish, utilizatsiya qilish va zararsizlantirish infratuzilmasini yaratish maqsadida, quyidagi tovarlar hamda qadoqlash vositalariga nisbatan ekologik yig‘im joriy etish ko‘zda tutilmoqda:
- batareykalar va akkumulyatorlar;
- tarkibida simob bo‘lgan lampalar;
- shina, pokrishka va rezina kameralar;
- moylash materiallari (motor moylari);
- plastmassa va shisha qadoq idish buyumlari (shu jumladan polietilen paketlar);
- bir marta foydalaniladigan plastik idishlar;
- kombinatsiyalangan materialli qadoqlash idishlari (Tetra Pak).
Yuqorida qayd etilgan mahsulotlarga nisbatan ekologik yig‘imning joriy etilishi asosan quyidagi omillarga muvofiq izohlanadi:
- xavfli hisoblanadi;
- resurs qiymatiga ega hisoblanadi;
- utilizatsiya qilinishi lozim;
- yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va zararsizlantirish uchun alohida infratuzilma talab qilinadi;
- ko‘mib yuborish mumkin emas.
Mavzuga oid
14:38 / 30.10.2024
Italiyada farrosh ayol 50 ming yevrolik pul va taqinchoqlar solingan eski to‘shakni chiqindiga tashlab yubordi
11:46 / 30.10.2024
1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
14:50 / 25.10.2024