Jahon | 18:49 / 18.06.2020
7027
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Telegram messenjerini bloklash bekor qilindi

Roskomnadzor 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma'lumotni taqdim etishni rad etgani uchun messenjerni Rossiya hududida bloklashga kirishgandi.

Foto: KUN.UZ

Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati (Roskomnadzor) Telegram messenjerini bloklashni bekor qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

"Telegramm asoschisining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga tayyorligi haqidagi so‘zlarini ijobiy baholaymiz. Roskomnadzor bosh prokuratura bilan kelishgan holda Telegramm messenjerini cheklash bo‘yicha talablarni olib tashladi", – deyiladi Roskomnadzor xabarida.

Roskomnadzor 2017 yil yozida Telegram messenjerini axborot tarqatish tashkilotchilari reyestriga kiritgandi. Xizmat 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma'lumotni taqdim etishni rad etgani uchun messenjerni Rossiya hududida bloklashga kirishgandi.

Garchi messenjerni bloklash ishlari samarali bo‘layotganligi aytilsa-da, Telegram shu kungacha qiyinchiliksiz ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 