Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning örinbosarlari qurilişga ruxsat beriş, binoni topşirişda yonğin xavfsizligi böyiça byurokratiya va qonun buziliş köpayib ketgani uçun işdan olingan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaş yiğilişida aytib ötdi.

«Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritiş uçun avvalo inson omili va qoğozbozlikni kamaytirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, aholiga yer beriş jarayonida fuqarolar hokim va önga yaqin idoralar örtasida sarson bölib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “öçoği”ga aylangan edi.

Yerni hokim qarori bilan ajratişdan töliq voz keçilib, auksion tizimiga ötilgani natijasida bu tizim xalqçil böldi.

Quriliş sohasi eng korrupsiyalaşgan sohalardan biri edi. “Şaffof quriliş” dasturi joriy etilganidan keyin bu yönalişda ham ijobiy özgarişlar sezilmoqda.

Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obektlarni quradigan pudratçilar mingtaga ham yetmasdi. Ötgan yili 13,5 mingta obekt qurilişida 4 mingdan ziyod pudratçi iştirok etdi. Soha raqamlaşgani hisobiga ötgan 4 yilda 3,6 trillion söm budjet mablaği tejaldi.

Lekin qurilişga ruxsat beriş, binoni topşirişda yonğin xavfsizligi böyiça byurokratiya va qonun buziliş köpayib ketgani uçun ötgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning örinbosarlari işdan olindi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

2025 yil fevral oyi oxirida Abdulla Qöldoşev FVV rahbari lavozimini tark etdi. U 2018 yildan favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari sifatida amalda vazirlik rahbari hisoblangan, 2022 yil martida rasman vazir lavozimiga tasdiqlangandi. Uning örnini harbiy prokuror Botir Qudratxöjayev egalladi.

4 mart kuni esa yangi vazirga örinbosarlar tayinlandi: Xurşid Sotiyev FV profilaktikasi böyiça, Nuriddin Qodirov kadrlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça vazir örinbosari lavozimlarida iş boşlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining quriliş va muhandislik muhofaza işlar böyiça örinbosari lavozimi hozirça böş qolmoqda. Bu lavozimda 2018 yil avgustidan buyon Şuhrat Jörayev işlab