12:32 / 28.01.2019
50045

Abdulla Aripovning yana bir o‘rinbosari ish joyini o‘zgartirdi

Nodir Otajonov/Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov prezident administratsiyasiga o‘tkazildi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz axborot manbasi tasdiqladi.

Qayd etilishicha, u prezident maslahatchisi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi. 

Nodir Sobirovich Otajonov shu kunga qadar bosh vazir o‘rinbosari - Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

Taxminlarga ko‘ra, Otajonov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi.

Nodir Otajonov 1967 yil Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, 1999 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank va moliya akademiyasini tamomlagan. 

1993-2007 yillarda Moliya vazirligi, 2007 yilda “O‘zavtosanoat” moliyaviy menejyeri, 2008-2010 yillarda - kompaniya direktori sifatida ishlagan. Shuningdek, «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» aksiyadorlik lizing kompaniyasini boshqargan.

 

Top