Özbekistonda işlab çiqarilayotgan paxta teriş maşinalari xorijnikidan ikki barobar arzon, terim sifati ham ularnikidan kam emas. Qolaversa, Özbekistonning paxta teriş maşinalari traktorning ustiga agregatlangani uçun traktor alohida ajratilib, paxta mavsumidan boşqa vaqtlarda ham xizmat qiladi. Bu haqda Boş vazir maslahatçisi - «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Nodir Otajonov Kun.uz’muxbiriga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Xorijda işlab çiqarilgan 4 qatorli zamonaviy paxta teriş maşinalariga nisbatan Özbekistonda işlab çiqarilayotgan maşinalar qariyb ikki barobarga arzon va terim sifati ularnikidan kam emas. Mana, ötgan yili 4 qatorli bitta «John Deere» paxta teriş maşinasining narxi 5 milliard sömdan ziyod bölgan bölsa, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan ikki qatorli maşinalar 1 mlrd 300 mln söm, 4 qatorlisi 2 mlrd 600 mln söm. Qariyb ikki barobar arzon.
Yana bir muhim jihati, «John Deere» maşinasi 1-2 oy paxta tergandan keyin qolgan 10 oy davomida, ya'ni keyingi terimgaça işlatilmaydi, uni şunçaki saqlab turiş kerak böladi. Özimizda işlab çiqarilayotgan paxta teriş maşinalari esa traktorning ustiga agregatlangani uçun traktor alohida ajralib, paxta mavsumidan boşqa vaqtlarda ham xizmat qiladi», deydi Nodir Otajonov.
Uning aytişiça, «Özagrotexsanoatxolding» kompaniyasi klaster vakillarining fikrlarini inobatga olgan holda texnikaning sifatini yaxşilaş, uni yangi agrotexnik talablarga, yangi ekiş sxemalariga moslaştiriş ustida izlanmoqda.
«Paxtaçilikda 76 sm oraliqda ekilişi özining samarasini körsatyapti. Endi bu yerda texnikaning kompleksi özgaradi. Bunga tayyor bölişimiz kerak. Mavsumga talab qilingan texnikalarni yetkazib berişimiz kerak. Şu bilan birga, texnik xizmat körsatiş va ehtiyot qismlar bilan ta'minlaşni yölga qöyib berişimiz kerak», degan Nodir Otajonov.
Rejaga köra, 2020 yilda Özbekistonda mingdan ziyod terim maşinasi işlab çiqarilişi kerak. 3 dekabr kuni Poytaxt biznes markazida bölib ötgan «Paxta-töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotlari va klasterlarining 2020 yilda amalga oşiriladigan ustuvor loyihalari» mavzusidagi amaliy seminarda uşbu terim maşinalarining namunalari namoyiş etildi.
«Paxta terimini mexanizatsiyalaş böyiça davlat rahbari tomonidan aniq vazifalar oldimizga qöyilgan. Kelgusi yilda 1000tadan ortiq hajmda paxta teriş maşinasini işlab çiqaramiz. Bu maşinalar paxtani toza terişi, samaradorligi, fermerlarning talabiga töliq mos kelişi bilan bozorda öz örnini topdi. Maşinalarimizning narxiyam, sifatiyam raqobatbardoş. Biz konstruktiv özgartirişlar kiritgan holda ularning mahsuldorligini oşirib boramiz. Servis xizmati, mexanizatorlarni avvaldan öqitiş, dalalarni ekinga tayyorlaş oldimizda turgan muhim vazifalar bölib, ularning ijrosiga hozirdan kirişganmiz», – deydi Nodir Otajonov.
















