“Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruv raisi Nodir Otajonovning ma'lum qilişiça, bu yil qişloq xöjaligi sohasiga ötgan yilga nisbatan 165 foizga köp zamonaviy texnikalar olib kiriladi. 

“Joriy yil davomida qişloq xöjaligi sohasini 45 foizgaça zamonaviy texnikalar bilan ta'minlaş oldimizga qöygan asosiy maqsadimizdir. Bu yil qişloq xöjaligi sohasiga ötgan yilga nisbatan 165 foizga köp zamonaviy texnikalar olib kiriladi.

Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, eng zamonaviy va tejamkor texnikalarni joriy qiliş qişloq xöjaligi sohasida belgilangan asosiy vazifalardan biri. Hozirgi şaroitda yer, suv resurslarning hosildorligini oşiriş yölida zamonaviy texnikalarni ahamiyati beqiyos”, - deydi Nodir Otajonov.

Innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari Şarof Rajabboyevning aytişiça, texnikalarni rivojlantiriş, avvalambor, qöl mehnatini kamaytiradi. 

“Raqamli texnologiyalarni joriy qiliş asosiy vazifalarimizdan. Raqamli texnologiyalar bu nima? Bu ma'lumotlar bazasi. Namlik darajasi, qaçon ekiş kerak, qaçon suv beriş kerak, qayerda joylaştiriş maqsadga muvofiq degan savollarga javoblarni asosli, tez va aniq beradi”, - deydi vazir birinçi örinbosari.