Iqtisodiy tadqiqotçi Abdulla Abduqodirov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Özbekiston iqtisodiyotidagi bugungi jarayon, xususan, iqtisodiy ösişga salbiy ta'sir qilayotgan ayrim omillar haqida gapirdi.
Inflatsiya 11 foiz deb aytilyapti, unda nega bank stavkalari 25 foiz?
Mutaxassisning aytişiça, taşqaridan qaraganda respublika iqtisodiy bloki örtasidagi hamkorlik yuqori darajada emasligi körinadi. Çunki ular oldinga surayotgan iqtisodiy siyosat qarama-qarşi yönalişlarga ega va bu teskari natijalarga olib kelişi mumkin.
«Markaziy bank bugungi kunda inflatsiya darajasini tuşiriş biz uçun eng muhim masaladir, deb aytyapti. Keçirasiz, unda iqtisodni rivojlantiriş kimning masalasi?
Agar Markaziy bank kredit darajasini belgilaydigan asosiy organ bölsa, tadbirkor kredit olaman deb bankka borsa-yu, u yerda stavkani 25–28 foiz deb tursa, qaysi tadbirkor qarz olib, uni 2 yoki 5 yil işlatib, yana 2–3 barobar qilib qaytib beradi. Bunday biznesning özi yöq. Bunda samaradorlik bölmaydi. Çunki inflatsiya 11 foiz deb aytilyapti, unda nega bank stavkalari 25 foiz? Nega Markaziy bank tijorat banklariga köp yillarga möljallangan «uzun sömlar»ni bermaydi? Nega bizning banklar ana şu «uzun pullar»ni topiş uçun çet el kapital bozori va banklardan kreditlar olişi kerak? Bu pullar baribir iqtisodiyotga kiryapti qarz sifatida. Nega u pullardan Markaziy bank qörqmaydi-yu, özi berişi mumkin bölgan uzoq muddatli kreditlardan qörqadi?
Men aytmoqçi bölgan fikr, bugungi kunda bizning iqtisodiyotimizni asosiy uşlab turgan narsa, iqtisodiy blok (Markaziy bank, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari) örtasida iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan hamkorlikni körmayapmiz.
Bittasi inflatsiyani pasaytiraman desa, boşqasi qurilişga kredit beraylik deyapti. Qurilişga katta-katta miqdorda pul beriş, ipotekani rivojlantiriş – bu qöşimça emissiya yoki qarz oliş bilan barobar. Demak, buning baribir inflatsiyaga ta'siri bor.
Inflatsiyani kamaytiriş, bu faqatgina umumiy pul massasini kamaytiriş degani emas. Umumiy talab bilan taklif örtasidagi muvozanat uşlab turilsagina inflatsiya kamayadi», – dedi moliyaçi.
Bugungi eng muhim masala – mamlakatni iqtisodiy rivojlantiriş
Abdulla Abduqodirov bugungi kunda mamlakatni iqtisodiy rivojlantiriş eng muhim masala ekanini ta'kidlab ötdi.
«Ayrim yönalişlarga qarz evaziga mablağ yönaltiriş, dunyo kapital bozoridan va çet el moliyaviy institutlaridan katta miqdorlarda qarzlar olib, ularni iqtisodiyotga yönaltiriş inflatsiyaga öz ta'sirini ötkazişi tabiiy.











