Mart oyida 0,8 foizlik inflatsiya qayd etildi
2021 yilning mart oyida iste'mol bozorida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 foizga qimmatlashgan. Yil boshidan narxlar o‘sishi 2,5 foizni tashkil etib, yillik inflatsiya o‘sish sur'ati 10,9 foizga yetdi. Narxi sezilarli oshgan oziq-ovqat mahsulotlari uchligini meva, sabzavotlar, yog‘-moy egalladi.

Foto: KUN.UZ
Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida inflatsiya 0,8 foizni tashkil etgan. Taqqoslanadigan bo‘lsa, 2020 yilning shu davrida tovar va xizmatlar o‘rtacha 1,3 foizga qimmatlashgan.
Rasmiy statistika oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasi 1,2 foiz, yillik esa 13,9 foiz bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
2021 yilning mart oyi davomida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan (meva-sabzavotlardan tashqari) kungaboqar moyi (2,6 foiz), tovuq go‘shti (1,4 – 1,5 foiz oralig‘ida), oqqand va sut (1,4 foiz), shakar (1,3 foiz) sezilarli darajada qimmatlashdi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasi o‘tgan yilga qaraganda past bo‘lgan.
Joriy yil mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sish darajasi 1,2 foizni tashkil etib, 2020 va 2019 yillarning mart oyidagi ko‘rsatkichlarga taqqoslaganda 0,7 va 0,3 foiz bandga past bo‘ldi. 2021 yil mart oyidagi ushbu guruh bo‘yicha yillik inflatsiya o‘sishi 13,9 foiz darajasida shakllandi. Bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 foiz bandga, 2019 yil martdagi ko‘rsatkichga nisbatan esa 1,4 foiz bandga past.
2021 yilning yanvar-martida oziq-ovqat mahsulotlari 3,1 foizga qimmatlashdi. Bu 2020 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga va 2019 yildagi mos ko‘rsatkichdan 3,3 foiz bandga past bo‘ldi.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlar o‘sishi bo‘yicha yetakchi uchlikni sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (4,7 foiz), mevalar va yong‘oqlar (2,6 foiz), yog‘ va moylar (1,4 foiz) shakllantirdi. 2020 yilda esa bu uchlikda yog‘-moy mahsulotlari o‘rnini go‘sht egallagandi.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan yillik nisbatda yog‘-moy (29,8 foiz), sut (17,0 foiz) va go‘sht mahsulotlari (16,2 foiz) sezilarli darajada oshdi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi inflatsiyasi 0,6 foiz, yillik inflatsiya esa 11,4 foizni tashkil etgandi.
Markaziy bank 2021 yilda inflatsiya darajasi 9–10 foiz bo‘lishini prognoz qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

12:24 / 06.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

12:22 / 20.03.2025