Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘g‘irchoqlar qishlog‘i – odamlar tark etib qo‘g‘irchoqlarga qolgan g‘ayrioddiy yapon qishlog‘i haqida
Yaponiyaning Nagoro qishlog‘i - qo‘g‘irchoqlar qishlog‘i, dunyodagi eng g‘ayrioddiy hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda odamlar o‘rnini qo‘g‘irchoqlar egallagan: avtobus bekatlarida, uylarda va hatto maktab bolalari o‘rnida ham qo‘g‘irchoqlar. Odamlar qayerga ketgan?

Nagoro qishlog‘i Yaponiyaning Shikoku orolida joylashgan, olis vodiyda joylashgan qishloqqa avtobuslar qatnovi juda kam, eng yaqin poyezd stansiyasigacha 1 soatdan uzoqroq yuriladi. Lekin bu kichik qishloqqa har yili 3 mingdan oshiq odam boradi. Sababi – uning g‘ayrioddiyligida.
Nagoroda aholi soni 27 kishi atrofida, eng yosh rezidentning yoshi ham 50 dan oshgan. Lekin bu yerda “yashovchi” qo‘g‘irchoqlar soni esa odamlardan ko‘proq: 300 dan oshiq qo‘g‘irchoqlar insonlar o‘rnini egallagan.

Nagoro qishlog‘ida dastlab, 300 dan ortiq aholi yashardi. Biroq 20-asr oxirlarida ularning soni kamaya boshlaydi. Yoshlar yaxshiroq hayot ilinjida katta shaharlarga ko‘chib keta boshlashadi, qishloqda qolgan yoshi kattalar keksayadi, ba’zilar vafot etadi.
Kamgina odam qolgan qishloqqa 2001 yilda shu yerda tug‘ilib-o‘sgan hunarmand Tsukimi Ayano otasiga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qaytib keladi. U o‘sha payt yerga sepilgan urug‘larni qushlar yeb ketmasligi uchun o‘z otasi ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoq qo‘riqchi yasab uni dalaga o‘rnatadi. Va Ayanoda ko‘chib ketgan odamlarning qo‘g‘irchoq modellarini yasash g‘oyasi tug‘iladi.

"Men hech qachon shu kichik qishloqni ko‘rgani butun dunyodan odamlar keladi deb o‘ylamasdim", deydi Ayano.
Ayano boshida qo‘g‘irchoqlarni qishloqda qolgan eski kiyim va boshqa materiallardan yasaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan qo‘g‘irchoqlar hajmi ham, ularning ko‘rinishi ham mukammallashib boradi. Hozir ularning soni qishloqda yashaydigan odamlar sonidan 10 baravar ko‘proq. Bitta qo‘g‘irchoq yasash uchun kamida 3 kun vaqt sarflanadi.
Ayano yasagan qo‘g‘irchoqlar qishloqning har bir hududida: uylarda, ko‘cha va dalalarda, hatto maktabda ham odamlarning, bolalarning o‘rnini egallagan. Qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lguniga qadar odatiy qishloq bo‘lgan hudud, ularning yasalishi bilan odamlarning qiziqishlariga sabab bo‘ladi.
2014 yilda germaniyalik kinorejissyor Frits Shuman qishloq haqida "Qo‘g‘irchoqlar vodiysi" nomli qisqa metrajli hujjatli film suratga olgan. Bu film ham qishloqqa xalqaro miqyosda qiziqish oshishiga sabab bo‘ladi.
Nagoroda har yili oktyabr oyining birinchi yakshanbasi qo‘g‘irchoqlar festivali o‘tkaziladi.
Qo‘g‘irchoqlar muallifi Ayanodan bir paytlar o‘zi oilasi bilan ko‘chib ketgan Osaka shahriga qaytib ketish rejasi haqida so‘rashganda o‘zining Nagoro qishlog‘iga otasiga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qaytganini, endi esa kuch-quvvati bor payti bu yerni tark etmasligini aytadi.
Uning aytishicha, agar kasal bo‘lib qolsa yo qarib qolsa, bolalarining yoniga qaytadi, ungacha qo‘g‘irchoq yasashda davom etadi. Har bir qo‘g‘irchoq o‘rtacha 3 yildan keyin qayta yasashni talab qiladi, shuning uchun ham Nagoroga tashrif buyuruvchilar uchun Ayanoning shu yerda bo‘lishi va qo‘g‘irchoq yasashda davom etishi quvonchli xabar.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59
-
Prezident AQSh yetakchi kompaniyalari bilan muhim minerallar sohasidagi sheriklikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 23:06
-
Putin Jo Baydenning sobiq yordamchisiga Rossiya fuqaroligini berdi
Jahon | 23:04
-
Janubiy koreyalik ekspertlar KXDR yangi «maxfiy quroli» haqida bilib oldi
Jahon | 22:32
Mavzuga oid

18:51 / 19.09.2025
Yaponiyalik olimlar sigirni zebra rangiga bo‘yagani uchun Shnobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

08:34 / 16.09.2025
O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilardan pol qoplamalari ishlab chiqarilishi mumkin

16:18 / 07.09.2025
Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqmoqda

08:24 / 02.09.2025