11 nafar yaponiyalik olimdan iborat guruh yirik şoxli qoramol bilan boğliq tadqiqoti uçun biologiya böyiça Şnobel mukofotiga sazovor böldi. Ular sigirni zebra kabi böyaş orqali unga qönadigan haşarotlar soni sezilarli darajada kamayişini körsatgan tajribani ötkazgan edi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi. Marosim 18 sentabr kuni Bostonda bölib ötdi.

2019 yilda e’lon qilingan yapon tadqiqotiga köra, sigirlarga oq-qora naqş çiziş çivinlar hujumi bilan boğliq iqtisodiy yöqotişlarni kamaytirişga yordam beradi.

Qayd qilinişiça, sigirlarning çivinga qarşi kuraşişi oziqlaniş va uxlaş uçun kamroq vaqt qoldiradi, şuningdek, ularni jarohat oliş xavfiga duçor qiladi, bu esa AQŞda çorvaçilik uçun yiliga 2,2 milliard dollar yöqotişlarga olib keladi.

Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, qora sigirlarni oq-qora rangga böyaş ularning ustiga qönadigan haşarotlar sonini 50 foizga kamaytiradi. Bu yöl zaharli pestitsidlarga muqobil variant bölişi mumkinligi qayd etilgan.

Şnobel mukofoti (Ig Nobel Prize) Nobel mukofotiga parodiyadir. U 1991 yildan beri har yili Harvard universitetida ilm-fan va hayotdagi eng «ğalati, bema’ni, ammo öylaşga majbur qiladigan» yutuqlar uçun beriladi.

Tadbir Annals of Improbable Research (Aql bovar qilmaydigan tadqiqotlar) jurnali tomonidan taşkil etilgan. Nomi: inglizça ignoble («şarmandali, noloyiq») sözidan yasalgan, lekin rus tilida köpinça «Nobel» bilan ohangdoşligi tufayli «Şnobelevskaya» deb ataladi. Mukofotning maqsadi ilm-fan ustidan kuliş emas, avval kulgi uyğotib, keyin öylantiradigan ğayrioddiy tadqiqotlarni tan oliş ekani ta’kidlanadi.