Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident sud tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan farmon imzoladi
O‘zbekiston prezidenti “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan ilk bor sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlari internet tarmog‘i orqali onlayn tarzda yoritib boriladi.
Sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dastur ishlab chiqiladi.
Sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta'minlaydigan aniq mezonlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Sudyalar Oliy kengashi tuzilmasida Sudyalar daxlsizligi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tuziladi.
Farmon bilan sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, sudyalar daxlsizligini ta'minlash hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
10:12 / 11.06.2026