Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi
SSV Buxoro viloyatida «Tsinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.
«O‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan», – deyilgan xabarda.
Shuningdek, SSV har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmaslik zarurligini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Quramax Medical kompaniyasining «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siroplari bolalar o‘limiga sabab bo‘la boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Tekshiruvlar natijasida, dorilar tarkibida mumkin bo‘lmagan miqdordagi etilenglikol va/yoki dietilenglikol moddalari borligi aniqlangan. Buning ortidan hind kompaniyasining barcha dorilarini O‘zbekistonda sotish taqiqlangandi.
Mavzuga oid
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026
Buxorodagi yangi aeroport 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilyapti
11:58 / 17.12.2025
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi
21:46 / 12.12.2025