«Dok-1 Maks» siropi bolalar ölimiga sabab bölgani ortidan uşbu dorini Özbekistonga olib kirgan «Quramax Medical»ning boşqa preparatlari sotuvi ham qöşimça tekşiruvdan ötkaziş va ehtiyot çorasi sifatida töxtatilgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.

Çuqurlaştirilgan sifat nazorati natijalariga köra, «Dok-1 Maks» hamda «Ambronol» dori vositalarining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi örniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bölgan.

«Şuni inobatga olgan holda SSV aholi salomatligini muhofaza qiliş va qolgan dorilarni ham qöşimça tekşiruvdan ötkaziş maqsadida ehtiyot çorasi sifatida «Quramax Medical» MÇJ tomonidan 2022 yil yurtimiz hududiga olib kirilgan barça preparatlar sotuvini töxtatdi», deyiladi xabarda.

Oldinroq soğliqni saqlaş vaziri «Quramax Medical» kompaniyasining barça dorilarini sotişni töxtatişga körsatma bergandi.

Eslatib ötamiz, «Dok-1 Maks» siropi bolalarga nojöya ta’sir qilgani oqibatida Özbekiston böylab 19 nafar bola halok bölgandi. Özbekiston hukumati Hindiston elçixonasiga bergan ma’lumotda esa «Dok-1 Maks» dori vositalari tarkibida etilenglikol moddasi tibbiy qoidalarda közda tutilgan normadan 300 barobar köp ekani aniqlangani aytilgan.