2023 yil 2 yanvar sanasi körsatilgan xatda vazir barça dorixonalarga «QURAMAX» kompaniyasi tomonidan 2022 yilda Özbekistonga olib kirilgan hamma dorilar sotuvini töxtatiş haqida körsatma bergan.
Xatda aytilişiça, dori vositalari sifatini nazorat qiliş va standartlaştiriş laboratoriyasi tomonidan «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dori vositalarining çuqurlaştirilgan sifat nazoratini ötkaziş natijasiga köra normativ hujjatda körsatilgan tarkibga nomuvofiqlik aniqlangan. Bu dori vositalarining ayrim seriyalarida propildenglikol moddasi örniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol mavjudligi aniqlangan.

Xatda keltirilişiça, «Dok-1 Max» hamda «Ambronol» dori vositalarining röyxatdan ötkazganlik guvohnomalarini bekor qiliş böyiça 2022 yil 29 dekabr kuni Toşkent şahar sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

















