Sirdaryo viloyatida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bemor bolaga nojöya ta’sir qilgan. Bu haqda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Oltinoy Esanova viloyat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinişiça, bemor bolalarning tört nafari soğaygan, uç nafari şifoxonaning jonlantiriş bölimida davolanmoqda.

Guliston şahar tibbiyot boşqarmasi boş şifokori Yusuf Mirxonov esa 3 yanvar kuni ötkazilgan brifingda ikki nafar bemor bola Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida şifokorlar nazorati ostida davolanayotganini ma’lum qilgandi.

Bemor bolalarda yuqori harorat, iştahasizlik, nafas yöllarining şamollaşi, peşob çiqişi va buyrak bilan boğliq muammolar kuzatilgan.

Qayd etilişiça, ularga belgilangan tartibda yordam körsatilib, gemodializ bölimida gemodializ muolajalari ötkazilmoqda.